TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Odil Ahmedov O‘zbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan futbol akademiyasini ochdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Anglashuv memorandumi imzolanishidan oldin so‘zga chiqqan sportchi u uchun akademiyani sifatli rivojlantirish juda muhimligini ta’kidladi.
“Kelajakda O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqishini va uning tarkibida universitetimiz tarbiyalanuvchilari bo‘lishini istayman. Bu har qanday puldan ham qimmat turadi. Asosiysi, biz qobiliyatli o‘yinchilarga diqqatni qaratmoqchimiz”, - dedi Ahmedov.
Sportchining so‘zlariga ko‘ra, akademiyaga tajribali chet ellik mutaxassislar taklif qilinadi. Bundan tashqari, yosh mutaxassislar boshqa mamlakatlarga borib tajriba orttirishlari mumkin.
Prezident mustaqillikning yigirma to‘qqiz yilligi arafasida Odil Ahmedovni “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan bilan taqdirlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, ikki yil oldin Odil Ahmedov Namanganda ham futbol akademiyasini ochgan edi.