https://oz.sputniknews.uz/20210125/Birinchi-fevraldan-ooz-krinishidagi-oylik-yl-chiptalari-sotuvga-chiarilmaydi-15861748.html
Birinchi fevraldan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi
Birinchi fevraldan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Shuningdek, 2021-yil 1-fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar ishga tushiriladi. 25.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-25T18:16+0500
2021-01-25T18:16+0500
2021-01-25T18:16+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0f/15191159_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_b1799a1f471d0a66dbd4ff87ef0cfa31.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. 2021 yil 1-fevraldan boshlab barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qildi.Shuningdek, 2021-yil 1-fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar ishga tushiriladi.Shu bilan birga, elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi.Ta’kidlanishicha, sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.Barcha turdagi transport kartalari 3-yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi."Har oy yangi elektron oylik yo‘l chiptalari harid qilish lozim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo‘ladi", - deyilgan xabarda.
https://oz.sputniknews.uz/20200104/Toshkent-avtobuslarida-yagona-transport-kartalari-ishga-tushirildi-13159014.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0f/15191159_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_8c466c927f900b324ee15106a7d7464c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Birinchi fevraldan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi
Shuningdek, 2021-yil 1-fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar ishga tushiriladi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. 2021 yil 1-fevraldan boshlab barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati
xabar qildi.
Shuningdek, 2021-yil 1-fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar ishga tushiriladi.
Shu bilan birga, elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi.
Ta’kidlanishicha, sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.
Barcha turdagi transport kartalari 3-yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi.
"Har oy yangi elektron oylik yo‘l chiptalari harid qilish lozim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo‘ladi", - deyilgan xabarda.