Toshkent avtobuslarida yagona transport kartalari ishga tushirildi

© Ministerstvo transporta UzbekistanaV avtobusax Tashkenta zarabotali yedinie transportnie karti.
V avtobusax Tashkenta zarabotali yedinie transportnie karti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
3 yanvardan maxsus transport to‘lov kartalari sotuvga chiqarildi. To‘lov kartalarining narxi 11 000 so‘mni tashkil etadi.

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari boshlandi.  Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, dastlabki  bosqichda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobuslar elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi mobil validatorlar bilan ta’minlangan. Statsionar validatorlarni avtobus elektron tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, 3-yanvardan maxsus transport to‘lov kartalari sotuvga chiqarildi. To‘lov kartalarining narxi 11 000 so‘mni tashkil etadi. Har bir kartaga oldindan bir martalik to‘lov miqdori yuklangan. Karta orqali bir martalik yo‘l haqi 1 400 so‘m.

S yanvarya 2018 g. podorojayet proyezd v obshestvennom transporte - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yildan jamoat transportlari to‘lovi avtomatlashtiriladi

Pensionerlar, o‘quvchi-talabalar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jamoat transporti xizmatidan imtiyozli asosda foydalanish huquqiga ega alohida fuqarolar toifalari uchun imtiyozli transport kartalarini shaxsiylashtirish va karta tannarxi bo‘yicha sotish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy masallar hal etilmoqda. Bir nechta davlat idoralari o‘rtasida ma’lumotlar bazasini o‘zaro integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda. 

Ushbu yangi tizim bir necha bosqichda amaliyotga to‘la joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Unga qadar esa shu kungacha yo‘lovchilar foydalanib kelgan oylik yo‘l chiptalari, jetonlar hamda shahar jamoat transportida bepul yurish huquqini beradigan guvohnomalar jamoat transportlarida to‘lov sifatida qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yagona transport kartasi paydo bo‘lishi haqida xabar qilgan edik. Yagona transport kartalaridan foydalangan holda yangi avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi bilan barcha turdagi jamoat transportida foydalanish mumkin: avtobuslar, Toshkentdagi metro, Samarqanddagi tramvay, Xorazmdagi trolleybus va hokazo.

Yangiliklar lentasi
0