https://oz.sputniknews.uz/20210124/Tovarlar-narkhlarini-chet-el-valyutalariga-bolash-mumkin-bldi-15853349.html
Tovarlar narxlarini chet-el valyutalariga bog‘lash mumkin bo‘ldi
Tovarlar narxlarini chet-el valyutalariga bog‘lash mumkin bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda tovarlarning narxlari chet-el valyutalari va shartli birliklariga bog‘lanishi... 24.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-24T18:12+0500
2021-01-24T18:12+0500
2021-01-25T15:35+0500
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0f/15605490_0:309:3072:2037_1920x0_80_0_0_51b256005946a732c63cb5bd0fab2002.jpg
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. 22-yanvar kuni qabul qilingan qonun bilan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimchalar kiritildi.Konsessiyalar bilan bog‘liq munosabatlar “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunda o‘z aksini topmoqda.Konsessiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish DXSh loyihalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.Endilikda faqatgina qiymati 1 mln dollardan ortiq loyihalarining tender hujjatlari va DXSh to‘g‘risidagi bitimlarning loyihalari kelishiladi.Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari belgilandi.Davlat-xususiy sheriklik loyihalariga oid ma’lumotlarning e’lon qilinadigan qismi aniqlashtirildi.Xususan, bunda rasmiy veb-saytlarga loyiha taraflari, faoliyat yo‘nalishi, joylashgan yeri, loyiha muddati va umumiy qiymati, tovarlar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi va turlariga oid ma’lumotlar joylanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210121/MB-tgan-yili-eng-kp-immatlashgan-6-ta-ozi-ovat-masulotlarini-malum-ildi-15836863.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0f/15605490_217:0:2948:2048_1920x0_80_0_0_fa9b11d507ab279d2b100d4a77ae8784.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod
Tovarlar narxlarini chet-el valyutalariga bog‘lash mumkin bo‘ldi
18:12 24.01.2021 (yangilandi: 15:35 25.01.2021) “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda tovarlarning narxlari chet-el valyutalari va shartli birliklariga bog‘lanishi mumkin.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. 22-yanvar kuni qabul qilingan
qonun bilan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimchalar kiritildi.
Unga muvofiq, O‘zbekistonda realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishi mumkin. Bu tartib faqat prezident qarorlari asosida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va Hukumat orqali jalb etilgan chet el investitsiyalari loyihalariga taalluqli. Bunga qadar mazkur tartib mavjud emas edi.
Konsessiyalar bilan bog‘liq munosabatlar “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunda o‘z aksini topmoqda.
Konsessiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish DXSh loyihalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Endilikda faqatgina qiymati 1 mln dollardan ortiq loyihalarining tender hujjatlari va DXSh to‘g‘risidagi bitimlarning loyihalari kelishiladi.
Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari belgilandi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalariga oid ma’lumotlarning e’lon qilinadigan qismi aniqlashtirildi.
Xususan, bunda rasmiy veb-saytlarga loyiha taraflari, faoliyat yo‘nalishi, joylashgan yeri, loyiha muddati va umumiy qiymati, tovarlar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi va turlariga oid ma’lumotlar joylanadi.