Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining 8-9 qavatlari buziladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStroitelstvo jilogo kompleksa
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat vazirligi hamda "ToshkentboshplanLITI" DUK bilan birgalikda bino balandligi hamda shaharsozlik normasi bo‘yicha xulosa berilgan. Binoni buzish bo‘yicha buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda mulk egasi tomonidan buzilish belgilangan
TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. Samarqand viloyat qurilish bosh boshqarmasi Firdavsiy ko‘chasida joylashgan bino shaharning tarixiy muhofaza zonasida joylashganligi sabab, foydalanishga qabul qilinmagani va 7-qavatdan yuqori qismi buyurtmachi tomonidan buzilishi haqida ma’lum qilgan.
Rabochie na stroyploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Qurilish va “yashirin iqtisodiyot”: huqumat qarori loyihasi tayyorlandi
Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Firdavsiy ko‘chasi 84-manzilda qurilgan yangi ko‘p qavatli uyda qurilish-ta’mirlash ishlarida kamchiliklar borligi, aholi binoga yaqinda ko‘chib o‘tganiga qaramay, buzila boshlaganligi, aksariyat fuqarolar xonadonlarini o‘zlari qaytadan ta’mirdan chiqarganliklari to‘g‘risida xabarlar tarqalgan.
Samarqand shahridagi ushbu 534 xonadonga mo‘ljallangan mazkur ko‘p qavatli bino "Pastdarg‘om qurilish mollari" MChJ tomonidan qurilgan. Pishiq g‘ishtdan qurilgan 9 qavatli uy-joyning 392 tasi sotilgan, 104 xonadon egalari o‘z uyiga ko‘chib kirgan.
Obyekt respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilib, Samarqand shahri tarixiy markazining muhofaza hududida joylashganligi sababli turar-joy binosining 8-9 qavatlari buzilishi belgilangan.
Stroitelstvo jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qurilish sohasi raqamlashtiriladi: u qanday bo‘ladi
Qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanmaganligi va respublika ishchi guruhi tomonidan qo‘yilgan talab bajarilmaganligi sababli mazkur obyekt inspeksiya tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan.
Samarqand shahar hokimligi tomonidan 2019-yil 13-martda shahar iqtisodiy sudiga binoning 8-9-qavatlarini buzish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritilgan. Sudning 2019-yil 8-maydagi ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.
Madaniyat vazirligi hamda "ToshkentboshplanLITI" DUK bilan birgalikda bino balandligi hamda shaharsozlik normasi bo‘yicha xulosa berilgan. Binoni buzish bo‘yicha buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda mulk egasi tomonidan buzilish belgilangan.
Bugungi kunda mazkur obyekt Samarqand shahri tarixiy markazining muxofaza hududida joylashganligi sababli qurilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ya’ni Madaniy me’ros boshqarmasi talablariga muvofiq obyektning balandlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0