Qurilish va “yashirin iqtisodiyot”: huqumat qarori loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabochie na stroyploshadke
Rabochie na stroyploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Qurilish sohasida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. “Qurilish sohasida “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga doir prezident farmoni loyihasi tayyorlandi

Qurilish tashkilotlari tomonidan o‘z yashirin faoliyatini ixtiyoriy ravishda qonuniylashtirishi uchun 2020 yil 1 dekabrdan quyidagi rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilish taklif etilmoqda:

a) norasmiy bandlik holatlari kuzatilmagan yoki yashirin faoliyatni to‘liq bartaraf etgan qurilish tashkilotlari reyestri yuritiladi.

Reyestrga kirgan qurilish tashkilotlarga qurilish obyektlarida bajarilgan ishlar uchun buyurtmachi tomonidan mablag‘ ajratilgunga qadar daromad va ish haqidan bo‘lgan soliqlarni to‘lash muddatini mutanosib ravishda uzaytirishga ruxsat etiladi.

b) o‘rganish jarayonida nolegal xodimlarni rasmiylashtirgan qurilish tashkilotiga ularning kasbiy malakasini oshirish, mehnat muhofazasi qoidalariga o‘rgatish va shaxsiy himoyalash vositalarini xarid qilish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya beriladi. Bunda:

subsidiya kasbiy malakani oshirish uchun har bir xodim uchun 6 oy muddatgacha har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha, mehnat muhofazasi qoidalariga o‘rgatish va shaxsiy himoyalash vositalarini xarid qilish uchun bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorigacha beriladi;

ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan norasmiy ishlayotgan xodimlarga ularni kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish, malakasini oshirish uchun kasb-hunarga o‘qitish markazlariga yo‘llanma beriladi, bunda ish beruvchi tomonidan ushbu xodimlarni o‘qishdan keyin rasmiy ravishda ishga olish bo‘yicha kafolati olinadi.

Sex po proizvodstvu kontrafaktnogo alkogolya v Volgogradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Yashirin tadbirkorlarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi - prezident

v) qurilish tashqilotlari tomonidan 2020-yil 1-dekabrga qadar ishchilarga norasmiy ish haqi to‘langan xolatlar yuzasidan huquqiy choralar qo‘llanilmaydi va yuzaga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday soliq va majburiy to‘lovlardan voz kechiladi, bir yil ichida ishchilariga norasmiy ish haqi to‘langan xolatlar aniqlangan qurilish tashkilotlar bundan mustasno.

Qurilish tashkilotlariga ayrim qurilish ishlari turlari bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida jalb etishga ruxsat berish ko‘rsatilmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va sug‘urta kompaniyalari tomonidan ish beruvchilar, shu jumladan qurilish tashkilotlari o‘z fuqarolik javobgarliklarini majburiy sug‘urta qilganligini birgalikda monitoring qilish tajribasi joriy etish taklif qilinmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda faoliyatida xodimlar sonini yashirish aniqlangan holatlari bo‘yicha mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solinishini nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0