Rossiya hukumati 23-yanvardagi sanksiyalanmagan aksiyalarda ishtirok etishdan tiyilishga chaqirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMassovaya draka na Xovanskom kladbishe v Moskve
Massovaya draka na Xovanskom kladbishe v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelishilmagan tadbirni o‘tkazishga urinishlar jamoat tartibiga tahdid sifatida baholanadi va darhol bostiriladi, deb aytdi Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya shaharlari va IIV organlari sanksiyalanmagan norozilik aksiyalarida ishtirok uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi.
Glavnoe zdanie Soveta Yevropi v Strasburge - Sputnik O‘zbekiston
Yevroparlament Navalniy tufayli Rossiyaga qarshi rezolyutsiya qabul qildi
Xususan, Moskva meri Sergey Sobanin shanba kuni sanksiyalanmagan aksiyaning o‘tkazilishini noqonuniy deb bilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish idoralari 23-yanvar kuni poytaxtda qonun ijrosini ta’minlaydi.
U shuningdek, tashkilotchilarga va sanksiyalanmagan aksiyalarda ishtirok etishni rejalashtirayotganlarga murojaat qilib, tadbirda ishtirok etishdan tiyilishni so‘radi.
"Ogohlantirishim lozimki, huquqni muhofaza qilish organlari shaharda kerakli tartibni ta’minlaydilar", - dedi mer "Rossiya 1" telekanali efirida.
Moskva rahbari bu tadbirlarga bolalarni jalb qilishga urinishlarni orsizlik, deb atab, ota-onalardan e’tiborli bo‘lishni so‘radi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga ko‘ra, "bolalarni siyosiy bataliyalarga, boshqa variantlar ish bermay qolganda jalb qilishadi".
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Bemor AQSh maxsus xizmatlari ko‘magidan foydalanadi — Putin Navalniy haqida
"Sizning farzandlaringiz ushbu do‘zaxiy postanovkada o‘yinchoq bo‘lib qolmasliklari uchun sizga bog‘liq bo‘lgan barchasini amalga oshiring", - deb yozgan Zaxarova o‘zining Facebook dagi akkauntida.
Shuningdek, RIA Novosti bilan suhbatda Moskva shahridagi bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Olga Yaroslavskaya "bolalarni siyosiy o‘yinlarga jalb qilinishiga" qarshi chiqdi.
Shu bilan birga, Rospotrebnadzorda Moskvada shanba kuni o‘tkaziladigan sanksiyalanmagan aksiyadan so‘ng 10-12 kun o‘tib koronavirus bilan bemorlanish holatlari ortishidan xavfsirashmoqda.
"Ommaviy tadbir shunga olib kelishi mumkinki, oradan 10-12 kun o‘tib biz shaharda kasalliklar soni keskin ortganiga guvoh bo‘lamiz, bu bizni endigina voz kechgan cheklov choralarini qayta joriy etishga majbur qiladi", - dedi poytaxt Rospotrebnadzor boshqarmasi rahbari Yelena Andreyeva.
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy kimning "loyihasi" va uni Rossiyada nima kutmoqda?
Avvalroq RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml internetdagi 23-yanvar kunga belgilangan kelishilmagan mitinglarda qatnashishga chaqiriqlarni va boz ustiga unga yoshlarni va bolalar jalb etilishini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat deb hisoblashini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, Peskov, sal avval Kreml bu holat borasida chet eldan yangrayotgan tanqidlarga quloq solmasligini aytgandi.
Sal avval bloger Aleksey Navalniyning tarafdorlari internetda 23-yanvar kuni Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun sanksiyalanmagan aksiyalarni o‘tkazish bo‘yicha chaqiriqlarni tarqatdilar. Bosh prokuratura xabar berishicha, huquqni muhofaza qilish idoralari profilaktika choralarini qabul qilishga shaylangan, agar asos bo‘lgan taqdirda aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortishadi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy 17-yanvar kuni Moskvaning Sheremetyevo aeroportida GFR qaytganidan so‘ng hibsga olingan.
U Germaniyada taxminlarga ko‘ra zaharlanishdan davolangan. Sud qarori bo‘yicha Navalniy 30 kunga hibsga olingan va "Matrosskaya tishina" SIZOsiga olib borilgan.
Yangiliklar lentasi
0