https://oz.sputniknews.uz/20210122/Zhaparov-tanid-tufayli-kortezh-va-zifatdan-voz-kechdi-inauguratsiya-kamtarona-tkaziladi-15845704.html
Japarov kortej va ziyofatdan voz kechdi - inauguratsiya kamtarona oʻtkaziladi
Japarov kortej va ziyofatdan voz kechdi - inauguratsiya kamtarona oʻtkaziladi
Sadir Japarov siyosiy va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiyoti uchun ogʻir boʻlgan tadbirlardan voz kechish zarurligini aytdi. 22.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-01-22T17:19+0500
2021-01-22T17:19+0500
2021-04-07T18:51+0500
dunyoda
qirgʻiziston
bishkek
sadir japarov
inauguratsiya
internet
saylovlar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0e/15181860_0:0:1508:853_1920x0_80_0_0_2a464d6c59b4ad57c4cea6941fbe63e8.jpg
TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Qirgʻiziston saylangan prezidenti Sadir Japarov inauguratsiya munosabati bilan maxsus kortej, ziyofat va boshqa tadbirlar oʻtkazilmasligini maʼlum qildi.21 yanvar kuni poytaxtining markazida transport harakati toʻsib qoʻyildi: mamlakat rahbarining maxsus avtokarvoni oʻtishi uchun repetitsiya oʻtkazildi.Sputnik Qirgʻiziston yozishicha, tadbirga 10 million qirgʻiz soʻmini sarflash rejalashtirilgani haqida xabar berilgan. Shundan soʻng, qirgʻizistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda yoʻllarning yopilishi, marosim xarajatlarini tanqid qilishdi.Bugun Sadir Japarov siyosiy va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiyoti uchun ogʻir boʻlgan tadbirlardan voz kechish zarurligini aytdi.Unga koʻra, hozirda hukumat byudjet mablagʻlarini xalq va ularning ehtiyojlari uchun ishlatishga qaratishi kerak. Inauguratsiya tashkiliy qoʻmitasi tadbir uchun yangi stsenariy tuzishi kerak.Inauguratsiya 28 yanvar kuni Milliy filarmoniyaning katta zalida boʻlib oʻtadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210113/Qamokhonadan-prezidentlikka-Sadir-Zhaparovga-khshagan-etakchilar-kp-blganmi-15776987.html
qirgʻiziston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0e/15181860_0:0:1508:947_1920x0_80_0_0_a938a3003861043b7306c542de362b4f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qirgʻiziston, bishkek, sadir japarov, inauguratsiya, internet, saylovlar
qirgʻiziston, bishkek, sadir japarov, inauguratsiya, internet, saylovlar
Japarov kortej va ziyofatdan voz kechdi - inauguratsiya kamtarona oʻtkaziladi
17:19 22.01.2021 (yangilandi: 18:51 07.04.2021) Sadir Japarov siyosiy va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiyoti uchun ogʻir boʻlgan tadbirlardan voz kechish zarurligini aytdi.
TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Qirgʻiziston saylangan prezidenti Sadir Japarov inauguratsiya munosabati bilan maxsus kortej, ziyofat va boshqa tadbirlar oʻtkazilmasligini maʼlum qildi.
21 yanvar kuni poytaxtining markazida transport harakati toʻsib qoʻyildi: mamlakat rahbarining maxsus avtokarvoni oʻtishi uchun repetitsiya oʻtkazildi.
Sputnik Qirgʻiziston yozishicha, tadbirga 10 million qirgʻiz soʻmini sarflash rejalashtirilgani haqida xabar berilgan. Shundan soʻng, qirgʻizistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda yoʻllarning yopilishi, marosim xarajatlarini tanqid qilishdi.
Bugun Sadir Japarov siyosiy va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiyoti uchun ogʻir boʻlgan tadbirlardan voz kechish zarurligini aytdi.
"Men katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqaradigan maxsus korteji, ziyofat va boshqa tashkiliy tadbirlardan voz kechish toʻgʻrisida qaror qabul qildim. Prezidentlik lavozimiga kirishish uchun faqat qonunda belgilangan majburiy tartiblarni hisobga olib, amalga oshiriladi", - dedi Japarov.
Unga koʻra, hozirda hukumat byudjet mablagʻlarini xalq va ularning ehtiyojlari uchun ishlatishga qaratishi kerak. Inauguratsiya tashkiliy qoʻmitasi tadbir uchun yangi stsenariy tuzishi kerak.
Inauguratsiya 28 yanvar kuni Milliy filarmoniyaning katta zalida boʻlib oʻtadi.