Sirdaryoda bir guruh jihodchilar qo‘lga olindi: ular Sardoba fojiasi ortidan pul ishlashgan

© Press-slujba MVD UzbekistanaV Sirdarye zaderjali gruppirovku djixadistov
V Sirdarye zaderjali gruppirovku djixadistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoiy guruh rahbarlari Sardobadagi suv toshqinidan talofat ko‘rgan masjidlarning qayta qurilishiga moddiy ko‘mak yig‘ishni aytib, xayriya guruhini ochishgan. O‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lganlarni aldab, ularning pullarini Suriyaga jo‘natishgan.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Sirdaryo viloyatida “jihodchilar” ekstremistik oqimining yashirin guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sirdaryo viloyati bo‘yicha DXX boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur guruhning 2 nafar yetakchisi Rossiyada mavsumiy ishlashi davomida radikal guruhlar ta’siriga tushib, yashash joyiga qaytib kelganlaridan so‘ng aholi orasida o‘zlarining buzg‘unchi g‘oyalarini targ‘ib qilayotgani aniqlangan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlarni Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shish uchun jo‘natib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi
Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolarining ma’ruzalarini tarqatish bilan shug‘ullanishgan. Jumladan, O‘zbekiston Oliy sudining qarori asosida taqiqlangan ekstremistik va terrorchilik guruhlarga aloqador shaxslarning maqola va ma’ruzalarini internet tarmog‘idan yuklab olib, ularni saqlash va atrofdagilarga tarqatish, shuningdek, Suriyada davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etuvchi terrorchilik guruhlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullangan.
Ushbu jinoiy guruh rahbarlari 2020-yilda Sardoba suv ombori bilan bog‘liq suv toshqini oqibatida talofat ko‘rgan masjidlarning qayta qurilishiga moddiy ko‘mak yig‘ishni aytib, “Telegram”da xayriya guruhini ochishgan. Masjidlarning qayta qurilishiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lganlarni aldab, ular bergan mablag‘larni Suriyaga jo‘natishgan.
Qo‘lga olinganlardan ba’zilari karantin cheklovlari bekor qilingach, Suriyaga chiqib ketishni rejalashtirgan. Buning uchun u yerdagi maslakdoshlari bilan aloqada bo‘lib kelganlar.
Tezkor tadbirlar natijasida guruhning barcha a’zolari qo‘lga olingan. Yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuvda ularning jinoiy faoliyatini fosh etuvchi daliliy ashyolar olingan.
Hozirda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan.
Tergov ishlari davom ettirilmoqda. 
Yangiliklar lentasi
0