Yoshlarni Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shish uchun jo‘natib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
24 yoshli Samarqand viloyatida tug‘ilgan O.Hoshimov Misrda o‘qishi davomida xalqaro terrorchilik tashkiloti rahnamolarining g‘oyaviy ta’siriga tushib qolgan.

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston yoshlarini Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shish uchun jo‘natib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston DXX va IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mamlakat fuqarolarini yollab, Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga jo‘natish bilan shug‘ullanib kelgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 1996-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan O.Hoshimov 2019-yilda Misrda o‘qishi davomida xalqaro terrorchilik tashkiloti rahnamolarining g‘oyaviy ta’siriga tushib qolgan. U yerga mamlakatdan diniy ta’lim olish maqsadida borgan yoshlar orasida o‘zining aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan.

V Uzbekistane zaderjani chleni techeniya Djixadisti* - Sputnik O‘zbekiston
Yangiyo‘lda bir guruh "jihodchilar" qo‘lga olindi

Bundan tashqari, Suriya davlati hududida faoliyat olib borayotgan “Tavhid va jihod katibasi”* xalqaro terrorchilik tashkilotining safiga qo‘shilishga da’vat qilib, ularni yuborish bilan shug‘ullanib kelgan.

Ushlangan shaxsning uyali telefon apparati xotirasida ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Oliy sudining 2016-yil 26-sentabrdagi qarori bilan “Tavhid va jihod katibasi”* xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyati mamlakat hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Vazirlik fuqarolar, ayniqsa yoshlarni ogohlantirgan va ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali saytlarda tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmaslik hamda internet tarmog‘ida noxolis, tekshirilmagan va asossiz materiallarni tarqatish bilan shug‘ullanmaslikni so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0