https://oz.sputniknews.uz/20210106/EOII-davlatlari-2021-yilda-neft-va-neft-masulotlari-bozori-aidagi-shartnomani-imzolashadi-15738046.html
YeOII 2021-yilda neft mahsulotlari yagona bozorini shakllantirishga kirishadi
YeOII 2021-yilda neft mahsulotlari yagona bozorini shakllantirishga kirishadi
Sputnik O‘zbekiston
YeOII shartnomasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlardan biri bu - elektr energiyasi, neft va gaz bo‘yicha umumiy energetika bozorlarini shakllantirish va uni energetika... 06.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-06T20:00+0500
2021-01-06T20:00+0500
2021-01-06T20:25+0500
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0c/15587768_0:18:1620:930_1920x0_80_0_0_5d97f4366affff1dde2709c2b4255ae1.jpg
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. YeOII davlatlari 2021-yilda neft va neft mahsulotlari umumiy bozorini shakllantirish loyihasini yakunlashga bel bog‘lashgan, dedi Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Igor Petrishenko.Bosh vazir o‘rinbosariing so‘zlariga ko‘ra, YeOII shartnomasi uch yo‘nalish: elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda neft va neft mahsulotlari bo‘yicha umumiy energetika bozorlarini shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bunday yondashuv Ittifoqda energetika xavfsizligini ta’minlash, umumiy yondashuvlar asosida hamkorlik qilish va birgalikda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. "Masalan 2020-yilda Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston YeOIIning umumiy elektr energetika bozori to‘g‘risidagi shartnomasini ratifikatsiya qilishdi. Rossiya va Qozog‘iston ham ushbu yo‘nalishda borishmoqda va ayni damda ichki protseduralarni yakunlashmoqda", — dedi vitse-premyer.YeOII 2015-yilda tashkil qilingan xalqaro integratsion iqtisodiy uyushma bo‘lib, ayni damda uning a’zolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir. O‘zbekiston, Moldova va Kuba hozircha unga kuzatuvchi maqomida a’zo bo‘lishgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0c/15587768_123:0:1563:1080_1920x0_80_0_0_f2dd1a25bcc57038716f3c5abd76607d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod
YeOII 2021-yilda neft mahsulotlari yagona bozorini shakllantirishga kirishadi
20:00 06.01.2021 (yangilandi: 20:25 06.01.2021) YeOII shartnomasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlardan biri bu - elektr energiyasi, neft va gaz bo‘yicha umumiy energetika bozorlarini shakllantirish va uni energetika xavfsizligi nuqtayi nazaridan nazorat qilishdir.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. YeOII davlatlari 2021-yilda neft va neft mahsulotlari umumiy bozorini shakllantirish loyihasini yakunlashga bel bog‘lashgan, dedi Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Igor Petrishenko.
"YeOII davlatlarida neft va neft mahsulotlarining yagona bozorini shakllantirish hamda neft va neft mahsulotlarini transport qilish tizimida yagona qoidalar o‘rnatish loyihalarini muhokama qilish davom etmoqda. Ikkala hujjat ham 2021-yilda tayyor bo‘ladi", — dedi Petrishenko "Respublika" gazetasiga bergan intervyusida.
Bosh vazir o‘rinbosariing so‘zlariga ko‘ra, YeOII shartnomasi uch yo‘nalish: elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda neft va neft mahsulotlari bo‘yicha umumiy energetika bozorlarini shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bunday yondashuv Ittifoqda energetika xavfsizligini ta’minlash, umumiy yondashuvlar asosida hamkorlik qilish va birgalikda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi.
"Masalan 2020-yilda Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston YeOIIning umumiy elektr energetika bozori to‘g‘risidagi shartnomasini ratifikatsiya qilishdi. Rossiya va Qozog‘iston ham ushbu yo‘nalishda borishmoqda va ayni damda ichki protseduralarni yakunlashmoqda", — dedi vitse-premyer.
YeOII 2015-yilda tashkil qilingan xalqaro integratsion iqtisodiy uyushma bo‘lib, ayni damda uning a’zolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir. O‘zbekiston, Moldova va Kuba hozircha unga kuzatuvchi maqomida a’zo bo‘lishgan.