https://oz.sputniknews.uz/20210119/AQSh-ar-doim-zravonlik-arakatlarni-llab-uvvatlagan-Volodin-15819419.html
AQSh har doim zo‘ravonlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan – Volodin
AQSh har doim zo‘ravonlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan – Volodin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya har doim zo‘ravonlik harakatlariga qarshi bo‘lgan, AQSh esa, aksincha, bunday choralarni rag‘batlantirgan - Vacheslav Volodin. 19.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-19T15:50+0500
2021-01-19T15:50+0500
2021-04-01T15:50+0500
dunyoda
rossiya
saylovlar
tartibsizlik
konstitutsiya
markaziy osiyo
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/07/15741738_0:100:3072:1838_1920x0_80_0_0_1ebaac7e2346b753e012659507ed0b96.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya har doim zo‘ravonlik harakatlariga qarshi bo‘lgan, AQSh esa, aksincha, bunday choralarni rag‘batlantirgan. Bu haqda Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin seshanba kuni Davlat Dumasining yalpi majlisida aytdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh siyosiy elitasi ko‘p yillar davomida amerikaliklarni irqiy, diniy, gender tamoyillari bo‘yicha bir-biriga qarshi qo‘ygan: prezident saylovlari vaqtida "har ikki tomon uchun o‘ta keskin va xavfli xarakterga ega bo‘ldi".Bu vositalardan bir siyosiy kuchning foydalanishi boshqa tomon tarafdorlarini radikallashishiga olib kelmasligi mumkin emas, dedi Davlat Dumasi spikeri. Bunday holat - prezidentlikdan ketayotgan prezident tarafdorlarida yuz berdi, deb qo‘shimcha qildi u.Davlat Dumasi spikeri ta’kidlashicha, Yevropada, postsovet hududida, Yaqin Sharq, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida ruxsat etilmagan namoyish ishtirokchilari Vashington tomonidan ozodlik va demokratiya uchun kurashchilar deb chaqirilgan."Xuddi shu narsa AQShning o‘zida sodir bo‘lganida, ular bu odamlarni ichki terrorchilar deb atashdi, ularga 15-20 yil qamoq jazosi berilishi mumkin. Bular haqiqiy siyosiy mahbuslar bo‘ladi. Kelinglar, hamma narsani o‘z nomi ila atash kerak", - deb qo‘shimcha qildi Davlat Dumasi spikeri.
https://oz.sputniknews.uz/20210115/ASh-MD-davlatlaridan-ochi-va-raobatbardosh-saylovlarni-rgansa-bladi---Volodin-15792881.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/07/15741738_0:4:3072:1934_1920x0_80_0_0_2991691e1d0cd4a5278cc82375fa85ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, rossiya, saylovlar, tartibsizlik, konstitutsiya, markaziy osiyo, aqsh
dunyoda, rossiya, saylovlar, tartibsizlik, konstitutsiya, markaziy osiyo, aqsh
AQSh har doim zo‘ravonlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan – Volodin
15:50 19.01.2021 (yangilandi: 15:50 01.04.2021) Rossiya har doim zo‘ravonlik harakatlariga qarshi bo‘lgan, AQSh esa, aksincha, bunday choralarni rag‘batlantirgan - Vacheslav Volodin.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya har doim zo‘ravonlik harakatlariga qarshi bo‘lgan, AQSh esa, aksincha, bunday choralarni rag‘batlantirgan. Bu haqda Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin seshanba kuni Davlat Dumasining yalpi majlisida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh siyosiy elitasi ko‘p yillar davomida amerikaliklarni irqiy, diniy, gender tamoyillari bo‘yicha bir-biriga qarshi qo‘ygan: prezident saylovlari vaqtida "har ikki tomon uchun o‘ta keskin va xavfli xarakterga ega bo‘ldi".
Bu vositalardan bir siyosiy kuchning foydalanishi boshqa tomon tarafdorlarini radikallashishiga olib kelmasligi mumkin emas, dedi Davlat Dumasi spikeri. Bunday holat - prezidentlikdan ketayotgan prezident tarafdorlarida yuz berdi, deb qo‘shimcha qildi u.
"Biz har doim bunga qarshi bo‘lganmiz va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb hisoblaymiz. AQShning yetakchi ikki partiyasi o‘rtasida yuzaga kelgan hokimiyat uchun kurash parlamentni ishg‘ol qilinishiga va odamlarning qurbon bo‘lishiga olib keldi. Biz har doim, bugun ham buni ta’kidlamoqchimanki, zo‘ravonlik, konstitutsiyaga zid harakatlarga qarshi chiqqanmiz, AQSh esa, aksincha, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ushbu jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashgan, ularning suveren ishlariga aralashgan", - dedi Volodin.
Davlat Dumasi spikeri ta’kidlashicha, Yevropada, postsovet hududida, Yaqin Sharq, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida ruxsat etilmagan namoyish ishtirokchilari Vashington tomonidan ozodlik va demokratiya uchun kurashchilar deb chaqirilgan.
"Xuddi shu narsa AQShning o‘zida sodir bo‘lganida, ular bu odamlarni ichki terrorchilar deb atashdi, ularga 15-20 yil qamoq jazosi berilishi mumkin. Bular haqiqiy siyosiy mahbuslar bo‘ladi. Kelinglar, hamma narsani o‘z nomi ila atash kerak", - deb qo‘shimcha qildi Davlat Dumasi spikeri.