AQSh vitse-prezidenti Donald Trampni hukumatdan chetlatishga qarshi chiqdi

© AP Photo / Mary AltafferKandidat v prezidenti ot respublikansev Donald Tramp i kandidat v vitse-prezidenti ot respublikansev Mayk Pens vo vremya tretyego dnya sessii Natsionalnogo syezda respublikansev v Klivlende, 2016 god
Kandidat v prezidenti ot respublikansev Donald Tramp i kandidat v vitse-prezidenti ot respublikansev Mayk Pens vo vremya tretyego dnya sessii Natsionalnogo syezda respublikansev v Klivlende, 2016 god - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh vitse-prezidentining ta’kidlashicha, Konstitutsiyaning 25-tuzatishi jazolash yoki hokimiyatni tortib olish vositasi hisoblanmaydi, uni shu tarzda qo‘llash esa dahshatli hodisani yaratgan bo‘lardi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Donald Trampni mamlakat rahbari lavozimidan chetlatilishiga qarshi fikr bildirib, Konstitutsiyaning 25-tuzatishini qo‘llashdan bosh tortdi.
“Prezidentlik muddatining tugashiga sakkiz kungina qolgan paytda siz va demokratlar partiyasi men hamda vazirlar mahkamasi 25-tuzatishdan foydalanishni talab qilyapsiz. Bu kabi xatti-harakatlar mamlakatimiz manfaatlariga yoki konstitutsiyamizga mos keladi deb hisoblamayman”, — deyiladi Pensning vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosiga yo‘llagan maktubida.
AQSh vitse-prezidentining ta’kidlashicha, Konstitutsiyaning 25-tuzatishi jazolash yoki hokimiyatni tortib olish vositasi hisoblanmaydi, uni shu tarzda qo‘llash esa dahshatli hodisani yaratgan bo‘lardi.
Storonniki Donalda Trampa u zdaniya Kongressa SShA v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Parchalangan AQSh tashqi dunyo uchun xavfliroq bo‘ladimi?
Pens Kongressni yanada jamiyatning bo‘linishi yoki keskinlikning ortishiga olib keladigan harakatlardan qochishga chaqirgan.
“Saylangan prezident Jo Baydenning inauguratsiyasiga tayyorgarlik jarayonida mamlakatimizni birlashtirish va qizg‘inlikni kamaytirish uchun kelinglar, birga ishlaylik”, - deya yozgan u. Shuningdek, hukumatni tinch yo‘l bilan topshirilishiga yordam berishga va’da bergan.
6 yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini “zaif respublikachilarga” saylov yakunlariga e’tiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar to‘dasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi g‘alabasi tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Kongressning qo‘shma sessiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Kongress a’zolari xavfsiz joyga olib ketildi va ular u yerda bir necha soat bo‘lishlariga to‘g‘ri keldi. Namoyishlarda 5 kishi halok bo‘ldi.
Demokratlar Pensdan Trampni lavozimidan chetlatishga chaqirishdi, agar u bosh tortsa, Vakillar palatasiga prezidentga yana impichment e’lon qilishlarini ma’lum qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0