O‘zbekiston nega Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berayotgani izohlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Energetika vazirligi O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yiliga 2,2 milliard kilovatt soat elektr energiyasini yetkazib berish ko‘zda tutilganini ta’kidlagan.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi nega Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berayotganiga izoh berdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, Afg‘onistonda tinch hayotni o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston va Afg‘on Islom Respublikasi o‘rtasida elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida hukumatlararo kelishuv imzolangan.
Unda tomonlarning majburiyatlari aniq belgilangan bo‘lib, kelishuvga asosan yillik 2 milliard 200 million kilovatt soat elektr energiyasini yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Linii elektroperedachi v ushelye Chichkan v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
OTB O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr uzatish liniyasini qurishni moliyalashtiradi
Mazkur kelishuv doirasida yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ichki bozorga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlash maqsadida qo‘shni davlatlar energotizimlaridan ham qo‘shimcha import qilinib, Afg‘onistonga uning bir qismi eksport qilinmoqda.
Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarining yagona energotizimi Afg‘oniston energotizimi bilan faqatgina O‘zbekiston orqali bog‘langan, ya’ni yagona energotizim mamlakatlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi faqatgina O‘zbekiston orqali eksport qilinishi mumkin.
“Ushbu mavzular yuzasidan turli internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muzokaralar ayrim xollarda noto‘g‘ri raqamlar va faktlarga asoslangan bo‘lib, haqiqiy holatni aks ettirmayapti”, - deyilgan vazirlik xabarida.


Yangiliklar lentasi
0