https://oz.sputniknews.uz/20210113/Ukrainada-Sputnik-V-vaktsinasini-rykhatdan-tkazish-uchun-imzo-tplash-boshlandi-15778176.html
Ukrainada “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun imzo to‘plash boshlandi
Ukrainada “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun imzo to‘plash boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi Xarkovning "Biolek” kompaniyasiga “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish arizasiga rad javobini bergan edi. 13.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-13T16:06+0500
2021-01-13T16:06+0500
2021-04-01T16:45+0500
dunyoda
ukraina
sputnik v vaksinasi
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0d/15778123_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_8ec4113e77b41afecd19fa3be2a81b1f.jpg
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Ukrainaning “Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi Ukrainada koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish va ishlab chiqarish uchun imzo to‘plashni boshladi. Bu haqda partiyaning yoshlar qanoti rahbari Artom Marchevskiy ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.“Bugun maksimal qisqa fursatda vaksinani ro‘yxatga olish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish talabi bilan prezident va Vazirlar mahkamasiga murojaat qilish uchun imzo to‘plash boshlandi. Viktor Medvedchuk (“Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi yetakchisi – tahr.) hammasi haqida kelishib oldi. Ya’ni alohida burokratik mavzu. Lekin hukumatimiz xohlamayapti, unga bu kerak emas, u samaradorligi 50 foiz bo‘lgan qandaydir Xitoy vaksinasini xarid qilmoqchi, “Sputnik V” vaksinasining samaradorligi 92 foiz, ayrim tadqiqotlarga ko‘ra 96 foizgacha bo‘lganiga qaramasdan”, - dedi Marchevskiy “112 Ukraina” telekanali efirida.Uning so‘zlariga ko‘ra, imzo to‘plash Donesk viloyatining uchta shahrida – Pokrovsk, Dobropolye va Mirnogradda boshlangan.Avvalroq Xarkovning “"Biolek” kompaniyasi Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligiga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab murojaat qilgan edi. Mamlakat bosh sanitar shifokori Viktor Lyashko mamlakatda Rossiya vaksinasining ro‘yxatga olinishini istisno qildi. U Kiyev faqat tadqiqotlarning uchinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan vaksinadan foydalanishini ta’kidladi.Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaksina ayni paytda o‘zining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan. Shuningdek, vaksinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi o‘z isbotini topgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210111/Falastin-Yain-Sharda-birinchi-blib-Sputnik-V-vaktsinasini-rykhatga-oldi-15763804.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0d/15778123_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_a6b1a7d4925b2d0fd582e5f55a6dc9c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, sputnik v vaksinasi, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi
dunyoda, ukraina, sputnik v vaksinasi, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Ukrainada “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun imzo to‘plash boshlandi
16:06 13.01.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) Avvalroq Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi Xarkovning "Biolek” kompaniyasiga “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish arizasiga rad javobini bergan edi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Ukrainaning “Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi Ukrainada koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish va ishlab chiqarish uchun imzo to‘plashni boshladi. Bu haqda partiyaning yoshlar qanoti rahbari Artom Marchevskiy ma’lum qildi, deb
yozadi RIA Novosti.
“Bugun maksimal qisqa fursatda vaksinani ro‘yxatga olish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish talabi bilan prezident va Vazirlar mahkamasiga murojaat qilish uchun imzo to‘plash boshlandi. Viktor Medvedchuk (“Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi yetakchisi – tahr.) hammasi haqida kelishib oldi. Ya’ni alohida burokratik mavzu. Lekin hukumatimiz xohlamayapti, unga bu kerak emas, u samaradorligi 50 foiz bo‘lgan qandaydir Xitoy vaksinasini xarid qilmoqchi, “Sputnik V” vaksinasining samaradorligi 92 foiz, ayrim tadqiqotlarga ko‘ra 96 foizgacha bo‘lganiga qaramasdan”, - dedi Marchevskiy “112 Ukraina” telekanali
efirida.Uning so‘zlariga ko‘ra, imzo to‘plash Donesk viloyatining uchta shahrida – Pokrovsk, Dobropolye va Mirnogradda boshlangan.
Avvalroq Xarkovning “"Biolek” kompaniyasi Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligiga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab murojaat qilgan edi. Mamlakat bosh sanitar shifokori Viktor Lyashko mamlakatda Rossiya vaksinasining ro‘yxatga olinishini istisno qildi. U Kiyev faqat tadqiqotlarning uchinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan vaksinadan foydalanishini ta’kidladi.
Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaksina ayni paytda o‘zining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan. Shuningdek, vaksinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi o‘z isbotini topgan.