https://oz.sputniknews.uz/20210111/Falastin-Yain-Sharda-birinchi-blib-Sputnik-V-vaktsinasini-rykhatga-oldi-15763804.html
Falastin Yaqin Sharqda birinchi bo‘lib “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi
Falastin Yaqin Sharqda birinchi bo‘lib “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq shunday tezlashtirilgan jarayon bilan “Sputnik V” vaksinasi Argentina, Boliviya, Serbiya va Aljirda ro‘yxatga olingan edi. 11.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-11T18:44+0500
2021-01-11T18:44+0500
2021-05-11T11:32+0500
dunyoda
sputnik v vaksinasi
vaksina
emlash
rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi
covid-19 umumjahon pandemiyasi
falastin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/19/15056675_0:0:1911:1080_1920x0_80_0_0_02f7d72801aeaca0fbd458d2c371c148.png
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Falastin Yaqin Sharqda birinchi bo‘lib Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) xabar qildi.“Ro‘yxatga olish tezlashtirilgan jarayon (emergency use authorization) doirasida davlat hududida qo‘shimcha klinik tadqiqotlarni o‘tkazmagan holda amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.Falastinga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish joriy yilning birinchi choragida rejalashtirilgan. Vaksinaning birinchi partiyasi ushbu mamlakatga bir oy davomida yetkaziladi.Vaksinaning yetkazib berilishi RFPIning Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarldagi xalqaro hamkorlari yordamida ta’minlanadi.Avvalroq shunday tezlashtirilgan jarayon bilan “Sputnik V” vaksinasi Argentina, Boliviya, Serbiya va Aljirda ro‘yxatga olingan edi.RFPI bosh direktori Kirill Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, “Sputnik V” vaksinasining yuqori sifati va samaradorligi unga nisbatan ko‘plab davlatlar qiziqishining ortishiga sabab bo‘lmoqda.“Biz “Sputnik V” Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika ortidan Yaqin Sharqda ham taqdim etilishidan shodmiz”, - dedi u.Dmitriyevning ta’kidlashicha, bu ko‘p davlatlar va ular aholisini samarali va xavfsiz vaksina bilan ta’minlash evaziga koronavirus ustidan tezroq g‘alaba qozonish uchun say’-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20210111/Braziliyada-15-yanvardan-Sputnik-V-vaktsinasini-ishlab-chiarish-boshlanadi-15758187.html
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/19/15056675_52:0:1770:1080_1920x0_80_0_0_ee4ed3a0443f4a548b00d086ae011a07.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, sputnik v vaksinasi, vaksina, emlash, rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi, covid-19 umumjahon pandemiyasi, falastin
dunyoda, sputnik v vaksinasi, vaksina, emlash, rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi, covid-19 umumjahon pandemiyasi, falastin
Falastin Yaqin Sharqda birinchi bo‘lib “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi
18:44 11.01.2021 (yangilandi: 11:32 11.05.2021) Avvalroq shunday tezlashtirilgan jarayon bilan “Sputnik V” vaksinasi Argentina, Boliviya, Serbiya va Aljirda ro‘yxatga olingan edi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Falastin Yaqin Sharqda birinchi bo‘lib Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI)
xabar qildi.
“Ro‘yxatga olish tezlashtirilgan jarayon (emergency use authorization) doirasida davlat hududida qo‘shimcha klinik tadqiqotlarni o‘tkazmagan holda amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.
Falastinga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish joriy yilning birinchi choragida rejalashtirilgan. Vaksinaning birinchi partiyasi ushbu mamlakatga bir oy davomida yetkaziladi.
Vaksinaning yetkazib berilishi RFPIning Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarldagi xalqaro hamkorlari yordamida ta’minlanadi.
Avvalroq shunday tezlashtirilgan jarayon bilan “Sputnik V” vaksinasi Argentina, Boliviya, Serbiya va Aljirda ro‘yxatga olingan edi.
RFPI bosh direktori Kirill Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, “Sputnik V” vaksinasining yuqori sifati va samaradorligi unga nisbatan ko‘plab davlatlar qiziqishining ortishiga sabab bo‘lmoqda.
“Biz “Sputnik V” Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika ortidan Yaqin Sharqda ham taqdim etilishidan shodmiz”, - dedi u.
Dmitriyevning ta’kidlashicha, bu ko‘p davlatlar va ular aholisini samarali va xavfsiz vaksina bilan ta’minlash evaziga koronavirus ustidan tezroq g‘alaba qozonish uchun say’-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi.