AQShda ilk bor ayol qatl etildi: "Qo‘rqinchli Liza" qanday jinoyat sodir etgan edi?

© AP Photo / Sue OgrockiKamera dlya smertelnix inyeksiy
Kamera dlya smertelnix inyeksiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh hukumati 70-yil ichida birinchi marta ayolga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi hukmini ijro qildi. Montgomerini qatl etilishi Indiana shtatidagi Terre Xeyt qamoqxonasida amalga oshirildi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik.  AQSh hukumati 70-yil ichida birinchi marta ayolga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi hukmini ijro qildi, deb xabar qildi The New York Times.
Aksiya protesta storonnikov Trampa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Trampni bo‘lisholmadi. AQShda prezident tarafdorlari va qarshi tomon o‘rtasida jang yuz berdi
Sudlangan Liza Montgomeri 2004-yilda homilador ayolni o‘ta shafqatsiz o‘ldirishda aybdor deb topildi.
Oldinroq sud hukmi 8-dekabr kuni Indiana shtatida ijro etilishi rejalashtirilgan edi. Keyinchalik, sud qarori bilan ijro 12-yanvarga qoldirilgandi.
11 yanvar kuni Indiana shtatidagi sud Montgomeri o‘lim jazosini federal ijro etishni ruhiy muammolari sababli qoldirilgandi. Biroq AQSh Oliy sudi 12-yanvar kuni kechqurun o‘lim jazosini ijro etishga ruxsat berib, qarorni rad etdi.
Montgomerini qatl etilishi Indiana shtatidagi Terre Xeyt qamoqxonasida o‘ldirish inyeksiya bilan amalga oshirilgan. Ayolning o‘limi 13-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 01:31 da (Moskva vaqti bilan 09:31) qayd etildi.
Montgomerining advokati Kelli Xenri aytishicha, AQSh hukumati "ruhiy kasallik"dan aziyat chekayotgan uning mijozini qatl etishi bilan qonunni buzdi.
Yangiliklar lentasi
0