Yangi hayot: 8 mingdan ortiq kishi O‘zbekiston fuqaroligini oldi

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilda 8 310 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 2020 yilda 8 310 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
S 1-yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vidavatsya ID-karti  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda identifikatsiya ID-kartasini qanday olsa bo‘ladi
Shuningdek, 141 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish haqidagi iltimosnomalari qanoatlantirilmasdan qoldirildi.
Prezidentning Oliy Majlisga va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasida fuqarosizlikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tub islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida quyidagilar taklif etildi:
- 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va boshqa davlat fuqaroligini qabul qilmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni,
- O‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz 15-yil davomida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turib, O‘zbekiston Respublikasida fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi yoki identifikatsiya ID-kartasi asosida yashab turgan va chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish.
Taklif etilgan o‘zgarishlar natijasida 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan taxminan 20 ming nafarga yaqin fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar istak bildirgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadilar.
Bundan tashqari o‘rganish natijalariga ko‘ra, har yili taxminan 1 yarim ming nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Respublika hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganliklariga 15-yil muddat to‘lishini inobatga olsak, ushbu shaxslarni ham O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish imkoniyati yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0