https://oz.sputniknews.uz/20210112/Tashkent-City-parkiga-pullik-kirish-tartibi-uzaytirildi-15769092.html
Tashkent City parkiga pullik kirish tartibi uzaytirildi
Tashkent City parkiga pullik kirish tartibi uzaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31-martga qadar uzaytirildi. 12.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-12T15:42+0500
2021-01-12T15:42+0500
2021-01-12T16:20+0500
jamiyat
toshkent
tashkent city
pul
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0e/15596254_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ff6f4c254690bcc62c5cdebe6dfd2110.jpg
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31-martga qadar uzaytirildi, deb xabar qildi “Daryo” nashri.Markaz direksiyasining 11-yanvarda tegishli buyrug‘i imzolangan.Pullik kirish tartibi park faoliyatini saqlab turish xarajatlarini hamda bog‘ infratuzilma va obyektlarini 2021-yilgi mavsumga tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida uzaytirilgan, deb bayon etilgan buyruqda.Kirish tariflari o‘zgarishsiz qoldirilgan.Kirish chiptalari narxi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 ming so‘m, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 ming so‘m, pensionerlarga — 5 ming so‘m (guvohnoma bo‘lgan taqdirda), nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma bo‘lgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 ming so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda).Eslatib o‘tamiz, Tashkent City bog‘iga yangi yil arafasi va angi yil kunlarida kirish vaqtinchalik pullik etib belgilangandi. Dastlabki rejaga ko‘ra, pullik kirish tartibi 10-yanvarga qadar davom etishi kerak edi.
https://oz.sputniknews.uz/20201218/Tashkent-City-boiga-kirish-vatincha-pullik-bldi-15623645.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0e/15596254_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f81a9843713daa169a0598a7acade6a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, tashkent city, pul
jamiyat, toshkent, tashkent city, pul
Tashkent City parkiga pullik kirish tartibi uzaytirildi
15:42 12.01.2021 (yangilandi: 16:20 12.01.2021) Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31-martga qadar uzaytirildi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31-martga qadar uzaytirildi, deb xabar qildi “
Daryo” nashri.
Markaz direksiyasining 11-yanvarda tegishli buyrug‘i imzolangan.
Pullik kirish tartibi park faoliyatini saqlab turish xarajatlarini hamda bog‘ infratuzilma va obyektlarini 2021-yilgi mavsumga tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida uzaytirilgan, deb bayon etilgan buyruqda.
Kirish tariflari o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Kirish chiptalari narxi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 ming so‘m, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 ming so‘m, pensionerlarga — 5 ming so‘m (guvohnoma bo‘lgan taqdirda), nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma bo‘lgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 ming so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda).
Eslatib o‘tamiz, Tashkent City bog‘iga yangi yil arafasi va angi yil kunlarida kirish vaqtinchalik pullik etib belgilangandi. Dastlabki rejaga ko‘ra, pullik kirish tartibi 10-yanvarga qadar davom etishi kerak edi.