Tashkent City bogʻiga kirish vaqtincha pullik boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPark Tashkent-Siti
Park Tashkent-Siti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ushbu qaror keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin muhokama qilinmoqda. Ayrim blogerlar, Toshkent-siti maʼmuriyatining ushbu qaroriga sarkazm tariqasida, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga "kanalimga kirish bepul. Marhamat, 10 ming soʻm toʻlab qoʻying", degan postlarni eʼlon qilishgan.

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Tashkent City bogʻiga yangi yil arafasi va yangi yil kunlarida kirish vaqtinchalik pullik etib belgilandi.

Xususan, 17 dekabrdan 10 yanvargacha kirish uchun pul toʻlanadi.

Chipta narxlari:

5 yoshgacha boʻlgan bolalarga — bepul;

5 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 5 000 soʻm;

12 yoshdan kattalar uchun — 10 000 soʻm;

Pensionerlarga — 5 000 soʻm (guvohnoma mavjud boʻlgan taqdirda);

Nogironligi boʻlgan shaxslarga — bepul (guvohnoma mavjud boʻlgan taqdirda); 

Yengil avtomobilda kirish — 20 000 soʻm (yoʻlovchilarni hisobga olgan holda).

Ayni vaqtda, ushbu qaror keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin muhokama qilinmoqda. Ayrim blogerlar, Toshkent-siti maʼmuriyatining ushbu qaroriga sarkazm tariqasida, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga "kanalimga kirish bepul. Marhamat, 10 ming soʻm toʻlab qoʻying", degan postlarni eʼlon qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0