https://oz.sputniknews.uz/20210112/Sherali-Zhraevning-shiini-izhro-etgani-uchun-Nasafiy-zharimaga-tortildi-15769386.html
Nasafiy jarimaga tortildi
Nasafiy jarimaga tortildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birinchi marta - mualliflik huquqini buzgan havaskor xonanda ma’muriy javobgarlikka tortildi. 12.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-12T16:19+0500
2021-01-12T16:19+0500
2021-01-12T16:26+0500
jamiyat
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0c/15769342_0:142:1080:752_1920x0_80_0_0_d86a4d93c6b979793676eecd248e76fc.jpg
TOShKENT, 12 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda sud Nasafiy taxallusi ostida ijod qilayotgan havaskor xonanda Akmalov Aziziddinni jarimaga tortdi, deb xabar qilmoqda Intellektual mulk agentligi.Xabarda aytilishiga ko‘ra, bir oy oldin Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning “Qora ko‘zli sanamjon” qo‘shig‘ini muallif roziligini olmasdan va yaxlitligini buzgan holda ijro etgani, uni internet tarmoqlariga joylashtirib moddiy manfaat ko‘rib kelayotgani uchun “Nasafiy” ustidan Intellektual mulk agentligiga murojaat kelib tushgan.Shundan sung Agentlik mazkur holat yuzasidan Ma’muriy sudga bayonnoma kiritgan. Sud Nasafiyni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177–moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari ya’ni 669 000 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlagan.Bu O‘zbekiston estradasida mualliflik huquqi buzilishi bo‘yicha ko‘rib chiqilgan birinchi ish bo‘lsa ajab emas. Ushbu sohada ko‘rib chiqilgan boshqa ishlar va jarimalar haqida Internetda ma’lumot topilmadi.
https://oz.sputniknews.uz/20170318/Qozogistonlik-honanda-ozbek-yulduzlariga-ornak-korsatdi-5003547.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0c/15769342_0:108:1080:786_1920x0_80_0_0_bb8c49ba8154c21550783142e052e0dd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, madaniyat
Nasafiy jarimaga tortildi
16:19 12.01.2021 (yangilandi: 16:26 12.01.2021) O‘zbekistonda birinchi marta - mualliflik huquqini buzgan havaskor xonanda ma’muriy javobgarlikka tortildi.
TOShKENT, 12 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda sud Nasafiy taxallusi ostida ijod qilayotgan havaskor xonanda Akmalov Aziziddinni jarimaga tortdi, deb
xabar qilmoqda Intellektual mulk agentligi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bir oy oldin Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning “Qora ko‘zli sanamjon” qo‘shig‘ini muallif roziligini olmasdan va yaxlitligini buzgan holda ijro etgani, uni internet tarmoqlariga joylashtirib moddiy manfaat ko‘rib kelayotgani uchun “Nasafiy” ustidan Intellektual mulk agentligiga murojaat kelib tushgan.
Shundan sung Agentlik mazkur holat yuzasidan Ma’muriy sudga bayonnoma kiritgan. Sud Nasafiyni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177–moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari ya’ni 669 000 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlagan.
Bu O‘zbekiston estradasida mualliflik huquqi buzilishi bo‘yicha ko‘rib chiqilgan birinchi ish bo‘lsa ajab emas. Ushbu sohada ko‘rib chiqilgan boshqa ishlar va jarimalar haqida Internetda ma’lumot topilmadi.