Qozog‘istonlik xonanda o‘zbek “yulduzlariga” o‘rnak ko‘rsatdi

© vk.comKazaxskiy peves Kuandik Raxim
Kazaxskiy peves Kuandik Raxim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonlik yosh xonanda o‘zbekistonlik bastakor Mirxalil Maxmudovning “Azizim” qo‘shig‘ini qozoq tilida kuyladi

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Qozog‘istonlik yosh xonanda o‘zbekistonlik bastakor Mirxalil Maxmudovning “Azizim” qo‘shig‘ini qozoq tilida kuyladi, deb yozadi troll.uz.

Qizig‘i shundaki, qo‘shni mamlakatlik xonanda qo‘shiqni qayta kuylash uchun nafaqat avtor ruxsatini olgan, balkim muallifni o‘z klipida suratga tushishga taklif qilgan.

Bizningcha, o‘rnak olishga arziydigan ajoyib holat. Ko‘rib turganingizdek, klipning o‘zi ham O‘zbekistonda suratga olingan.

O‘zbekistonlik Dilnoza Akbarova va Jasurbek Jabborovlar bo‘lsa “Azizim” qo‘shig‘ini #ko‘chirmaprodakshn uslubida ijro etishgan.

“Men avtorni qanday topishni bilmadim. Ular qo‘shiqni avtor ruxsatisiz ijro etishgan”, — deb izoh bergan Dilnoza va Jasurbekning produseri. Muallifni topa olmagan emish….

Ushbu qo‘shiq hozir Qozog‘istonda xitga aylangan. Muallif oq fotihasi bilan ijro etilgani tufayli bo‘lsa ajab emas…

Eslatib o‘tamiz, "Azizim" ilk bor 1995-yilda chiqqan “Masxaraboz milliy” filmida akterlar Bexzod Nazarov va Lola Eltayevalar tomonidan ijro etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0