Sadir Japarovning rafiqasi haqida 9ta qiziqarli fakt

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishKandidat v prezidenti Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov s suprugoy Aygul Japarovoy posle golosovaniya na dosrochnix viborax prezidenta na odnom iz izbiratelnix uchastkov v Bishkeke.
Kandidat v prezidenti Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov s suprugoy Aygul Japarovoy posle golosovaniya na dosrochnix viborax prezidenta na odnom iz izbiratelnix uchastkov v Bishkeke. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, Sadir Japarov boshqa nomzodlarga nisbatan katta farq bilan g‘alaba qozondi. Uning rafiqasi Oygul Asanbayeva haqida ma’lumotlar ochiq manbalardan va mahalliy OAVlaridan olingan.
Sputnik Qirg‘iziston Oygul Asanbayeva – Qirg‘iziston prezidenti saylovlarida yetakchilik qilayotgan Sadir Japarovning rafiqasi haqida ma’lum bo‘lgan faktlarni umumlashtirdi.

Tug‘ilgan joyi

Oygul Asanbayeva 47 yoshda, u Issiqko‘l viloyati, Tup tumani, San-Tosh qishlog‘ida tug‘ilgan.

Ma’lumoti

Maktabdan keyin u Qorako‘ldagi tibbiyot bilim yurtiga o‘qishga kirdi. Keyinchalik I.Arabayev nomidagi Qirg‘iziston davlat universitetining pedagogika fakultetini tamomladi.

Qayerda tanishgan

Sadir va Oygul qo‘shni qishloqlarda yashashgan va do‘stlariga tabiatga sayohat paytida uchrashdilar. Asanbayevaning eslashicha, u o‘sha paytda 18 yoshda, Japarov esa 23 yoshda edi. Uch yillik do‘stlikdan so‘ng, ular turmush qurishdi.

Farzandlar 

Ba’zi manbalarga ko‘ra, oilada besh nafar, boshqa manbalarda esa to‘rt nafar farzand borligi aytilgan. Bir intervyuda bu haqda tegishli savolga Asanbayeva o‘zlarining to‘rt nafar farzandi borligi, ammo ular Sadir Japarov ukasining o‘g‘lini (ota-onasi YTH oqibatida vafot etgan) ham tarbiyalayotgani haqida ma’lum qilgan. Bolalarning ismlari - Dastan, Rustam, Rinat, Nurdoolot va Janayim.
Kandidat v prezidenti Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti Sadir Japarovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
To‘ng‘ich o‘g‘il Dastan o‘tgan yilning yozida vafot etdi: u motosiklda halokatga uchradi va to‘rt kundan keyin kasalxonada vafot etdi.

Bir nafar nabiraning buvisi

2019 yilda ikkinchi o‘g‘il Rustam uylandi. O‘tgan yili yangi oilada qiz farzand ko‘rishdi, unga Saara degan ism qo‘yishdi.

Uch yil farzandlari bilan chet elda yashadi

Ba’zi OAVlarida berilgan intervyularga ko‘ra, Asanbayeva "turmush o‘rtog‘ini siyosiy ta’qib qilinishi paytida 3-yil davomida bolalari bilan xorijda yashagan". Ular Rossiya va Polshada yashaganliklari haqida ma’lum qilingan.

Atambayevning rafiqasidan yordam so‘ragan

Asanbayevaning aytishicha, Japarovni qirg‘iz-qozoq chegarasida hibsga olish vaqtida xavfsizlik kuchlari uning o‘g‘li Rustamni ham hibsga olishgan, keyin u deyarli 6 oy davomida tergov izolyatorida saqlangan. O‘sha vaqtda siyosatchining rafiqasi birinchi xonim Raisa Atambayevaga o‘g‘lining ozod qilinishiga yordam berishi yuzasidan iltimos qilgan.
"Tanishlarim orqali men birinchi xonimga chiqdim va yordam so‘radim. Ammo u "u bunday masalalarga aralashmayman" deb javob qaytardi. Men hammani ozod qilish kerak demoqchi emasman. Men aslida noqonuniy hech narsa qilmagan o‘g‘lim uchun so‘ragandim. U shunchaki otasini kutib olish uchun chiqqandi ... Mamlakatning birinchi xonimi bo‘lish har kimga ham nasib qilmaydi, bu Xudodan, o‘ylaymanki, ko‘proq rahm-shafqatli va mehribonroq bo‘lish kerak ", - dedi Asanbayeva.

Turmush o‘rtog‘ini faol qo‘llab-quvvatlaydi

Sadir Japarov jazoni o‘tayotgan paytda, Oygul Asanbayeva uni ommaviy axborot vositalarida ochiqchasiga himoya qilgan va har doim norozilik namoyishlarida qatnashgan.

Pasport bo‘yicha boshqa ism

2020 yilda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Oygul Asanbayeva "Mekenchil" partiyasi safida Jo‘qorg‘u Kengash deputatligiga nomzodini qo‘ygandi (ro‘yxatda 24-o‘rin). Ammo siyosiy tashkilotning saylov ro‘yxatida u Gulnura nomi bilan ro‘yxatga olingan - Asanbayevani pasporti shunday ism yozilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga qaraganda, Japarovning rafiqasi ushbu kampaniyada faol qatnashgan va viloyatlar bo‘ylab safarga chiqqan.
Yangiliklar lentasi
0