Qozog‘iston prezidenti Sadir Japarovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishKandidat v prezidenti Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov
Kandidat v prezidenti Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qasim-Jomart Toqayev Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarovni Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Davlat rahbari Sadir Japarovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi va ovoz berish natijalari u davlatchiligini yanada mustahkamlash va Qirg‘izistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha u taklif qilgan dasturni umummilliy qo‘llab-quvvatlashidan dalolat ekanligini ta’kidladi”, - deyilgan xabarda.
Japarov Qirg‘izistonning barqaror va ijodiy rivojlanish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini cheksiz qo‘llab-quvvatlagani uchun Toqayevga va butun qozoq xalqiga minnatdorlik bildirdi.
Novoizbranniy premyer-ministr Kirgizii Sadir Japarov - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezidenti saylovida Sadir Japarov yetakchilik qilmoqda
Toqayev Sadir Japarovni Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi. Qirg‘iziston rahbari ushbu taklifni qabul qilib, prezident sifatida birinchi tashrifini Qozog‘istonga amalga oshirishini ta’kidladi.
Japarov esa Qasim-Jomart Toqayevni parlament saylovlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi bilan tabrikladi. Qozog‘iston prezidenti Sadir Japarovga birodar Qirg‘iziston manfaati yo‘lidagi mas’uliyatli davlat faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
10 yanvar kuni Qirg‘izistonda mamlakat prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Sadir Japarov saylovchilarning 79,18 foiz ovozini olgan. Davlat rahbari lavozimiga 17 kishi da’vogarlik qilgan edi.
Qayd etish joizki, 2021-yilda Qirg‘izitonda prezident saylovlari oldingi davlat rahbari Sooronbay Jeenbekovning oktabr voqealaridan keyin iste’foga chiqqani sababli muddatidan oldin bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, 10-yanvar kuni Qirg‘izistonda hukumatni boshqarish shakli bo‘yicha ham referendum o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0