https://oz.sputniknews.uz/20210111/Putin-Aliev-va-Pashinyanga-orabo-byicha-yangi-adamlarni-muokama-ilishni-taklif-ildi-15763454.html
Putin Aliyev va Pashinyanga Qorabog‘ bo‘yicha yangi qadamlarni muhokama qilishni taklif qildi
Putin Aliyev va Pashinyanga Qorabog‘ bo‘yicha yangi qadamlarni muhokama qilishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti tinchlikparvar kuchlar faoliyati, demarkatsiya, gumanitar muammo va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga... 11.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-11T18:00+0500
2021-01-11T18:00+0500
2021-04-01T16:21+0500
dunyoda
vladimir putin
nikol pashinyan
tog‘li qorabog‘
ilhom aliyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0b/15763342_0:237:3009:1939_1920x0_80_0_0_e38ad757aab5fc70760a4fbea6c1e1d0.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga Tog‘li Qorabog‘da vaziyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlariga oid yangi qadamlarni muhokama qilishni taklif qildi, deb yozadi RIA Novosti.“Bugun avvalo o‘tgan yil yil 9-noyabrdagi qo‘shma bayonotda belgilangan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlarining keyingi qadamlarini belgilab olish muhim bo‘lgan bo‘lardi. Tinchlikparvar kuchlar faoliyati, demarkatsiya chizig‘iga aniqlik kiritish, gumanitar muammo va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarni nazarda tutapman”, - dedi Putin Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan uchrashuvda.Rossiya yetakchisi mintaqada iqtisodiy, savdo va transport aloqalarini, chegaralarni ochish muhim ahamiyatga molik ekanini ta’kidladi.“Bu masalalar bilan Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston bosh vazir o‘rinbosarlari raisligidagi uch tomonlama ishchi guruh shug‘ullanishi mo‘ljallanmoqda”, - dedi u.Putin muzokaralar amaliy muhitda o‘tishiga va mintaqada mustahkam tinchlik, xavfsizlik va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.Rossiya prezidenti Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvlar izchil amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Bu janjalni adolatli ravishda tartibga solishga zamin yaratishini qayd etdi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan 11-yanvar kuni Moskvada Rossiya prezidenti, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210103/Armaniston-oraboda-alok-blganlar-soniga-anilik-kiritdi-15720748.html
https://oz.sputniknews.uz/20210104/15724317.html
tog‘li qorabog‘
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0b/15763342_0:142:3009:2034_1920x0_80_0_0_e02ba36da000502d534228f3c9ccd662.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vladimir putin, nikol pashinyan, tog‘li qorabog‘, ilhom aliyev
dunyoda, vladimir putin, nikol pashinyan, tog‘li qorabog‘, ilhom aliyev
Putin Aliyev va Pashinyanga Qorabog‘ bo‘yicha yangi qadamlarni muhokama qilishni taklif qildi
18:00 11.01.2021 (yangilandi: 16:21 01.04.2021) Rossiya prezidenti tinchlikparvar kuchlar faoliyati, demarkatsiya, gumanitar muammo va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga chaqirdi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga Tog‘li Qorabog‘da vaziyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlariga oid yangi qadamlarni muhokama qilishni taklif qildi, deb
yozadi RIA Novosti.
“Bugun avvalo o‘tgan yil yil 9-noyabrdagi qo‘shma bayonotda belgilangan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlarining keyingi qadamlarini belgilab olish muhim bo‘lgan bo‘lardi. Tinchlikparvar kuchlar faoliyati, demarkatsiya chizig‘iga aniqlik kiritish, gumanitar muammo va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarni nazarda tutapman”, - dedi Putin Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan uchrashuvda.
Rossiya yetakchisi mintaqada iqtisodiy, savdo va transport aloqalarini, chegaralarni ochish muhim ahamiyatga molik ekanini ta’kidladi.
“Bu masalalar bilan Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston bosh vazir o‘rinbosarlari raisligidagi uch tomonlama ishchi guruh shug‘ullanishi mo‘ljallanmoqda”, - dedi u.
Putin muzokaralar amaliy muhitda o‘tishiga va mintaqada mustahkam tinchlik, xavfsizlik va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.
Rossiya prezidenti Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvlar izchil amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Bu janjalni adolatli ravishda tartibga solishga zamin yaratishini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan 11-yanvar kuni Moskvada Rossiya prezidenti, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tishi
xabar qilingan edi.