Armaniston Qorabog‘da halok bo‘lganlar soniga aniqlik kiritdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSelo Tagavard v Nagornom Karabaxe
Selo Tagavard v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi bir yarim oy davom etgan Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar vaqtida 3300 nafar harbiy qurbon bo‘lganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Armaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yil sentabridan noyabriga qadar davom etgan Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar vaqtida qurbon bo‘lganlar soniga aniqlik kiritdi. Bir yarim oy davom etgan janglarda arman tomonidan 3300 kishi halok bo‘lgan.
Strani mira. Armeniya - Sputnik O‘zbekiston
Arman-ozarbayjon chegarasida nega Rossiya FXX chegarachilari paydo bo‘ldi
“1 yanvar holatiga ko‘ra 3300 jasadning sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazildi”, - deyiladi vazirlikning Facebookʼdagi xabarida. Jasadlarni identifikatsiya qilish va tanib olish uchun 1141 ta namuna olingan, yana 871 ta namuna o‘rganish bosqichida.
Armaniston SSV 3-dekabr kuni qurolli mojaro davomida Armanistonning 2660 nafar harbiy xizmatchilari halok bo‘lganini xabar qilgan edi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, dekabr boshida ozarbayjon tomonidan 2783 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani, yana 100 nafardan ziyod kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida oxirida yana boshlangan Tog‘li Qorabog‘ mojarosi Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning uch tomonlama kelishuviga asosan 10-noyabrda to‘xtatilgan edi. Shundan so‘ng hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan va kelishilgan holda Agdam, Kelbajar va Lochin hududlari Ozarbayjon ixtiyoriga berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0