Namanganda ham ichimlik suvi ta’minotida nosozlik yuzaga keldi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishKran v vannoy komnate, arxivnoe foto
Kran v vannoy komnate, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Paxtaliko‘l” suv uzatish inshootidagi nosozlik sabab Namangan shahrining ayrim joylarida ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Namangan shahri suv ta’minotida ham favqulodda nosozlik yuzaga keldi.
“Namangan suv ta’minoti”  MChJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, 11-yanvar kuni “Paxtaliko‘l” suv uzatish inshootida D-1000 mm.li  yuqori bosimli magistral tarmoqlarda favqulodda nosozlik sodir bӯlganligi sababli mazkur inshoot faoliyati soat 10:00 dan boshlab vaqtinchalik tӯxtatildi.
“Buning natijasida Namangan shahrining Oromgoh dahasi, 1-Axsikent, 2-Axsikent, Go‘zal, Chamanzor, Minchinor, Mustaqillik, Pahlavon, Nurobod, Sihatgox, Mehnatobod,  Ishonch, Istiqbol MFY hududi va 1-kichik tumani ayrim joylarida ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda hozirda  “Namangan suv ta’minoti” MChJ Namangan shahar bo‘limi mutaxassislari tezkorlik bilan nosozlikni bartaraf etish choralarini ko‘rayotgani qo‘shimcha qilingan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib Xonobod-Andijon markaziy suv quvurining Andijon tumani “Xortum” MFYga qarashli Anjirzor ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida nosozlik yuzaga kelgan edi. Natijada Andijon shahri va unga yondosh tumanlarning ayrim hududlari ichimlik suvisiz qolgan edi.
Yangiliklar lentasi
0