https://oz.sputniknews.uz/20210110/Zhek-Ma-ani-Alibaba-asoschisi-yolgani-aytilmoda-15752760.html
"Jek Ma qani?": Alibaba asoschisi "yo‘qolgani" aytilmoqda
"Jek Ma qani?": Alibaba asoschisi "yo‘qolgani" aytilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
ABC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder omma qarshisida ko‘rinish bermaganiga ikki oydan oshgan. Uni oxirgi marta 31-oktabrda ko‘rishgan, o‘shanda Jek Ma... 10.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-10T11:42+0500
2021-01-10T11:42+0500
2021-01-10T11:42+0500
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1016/83/10168385_38:0:1000:541_1920x0_80_0_0_4c9e3c140839a53a2b086aa36f041c63.jpg
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Xitoyning eng badavlat insonlaridan biri - Alibaba asoschisi, milliarder Jek Maning "g‘oyib bo‘lgani" haqida xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan mish-mishlar xorijiy OAVlargacha yetib bordi.Xabarlarda aniqlik kiritilishicha, Jek Ma - Xitoy moliyaviy regulyatorlari faoliyatini tanqid qilgan va XXRning texnologik kompaniyalarga qarshi olib borayotgan siyosatiga qarshi chiqqan paytdan - aniqrog‘i, oktabr oyi oxiridan e’tiboran omma oldida ko‘rinish bermagan.Ushbu haftada Telegraph, Forbes, Financial Times, CNN, Fox, ABC telekanallari va ko‘plab boshqa nashrlarda: "Milliarderning g‘oyib bo‘lishi", "Jek Ma qani?", "Jek Ma yo‘qoldimi?" degan sarlavhalar aks etgan xabarlarni ko‘rish mumkin.ABC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder omma qarshisida ko‘rinish bermaganiga ikki oydan oshgan. Uni oxirgi marta 31-oktabrda ko‘rishgan, o‘shanda Jek Ma to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilgan Alibaba tadbirida ishtirok etgan.Ayrim xabarlarga ko‘ra, deya ta’kidlanadi telekanal xabarida, o‘zining Africa's Business Heroes shousi shov-shuvli final bosqichini ham o‘tkazib yuborgan. Garchi shouda u bosh hakam rolini ijro etishi kutilgan bo‘lsa-da. Sal avval Jek Ma final bosqichni sabrsizlik bilan kutayotgani haqida aytgan bo‘lgan.Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Jek Ma hozirda bo‘lishi mumkin bo‘lgan joy xususida turli mish-mishlar tarqalmoqda, internet foydalanuvchilari uning g‘oyib bo‘lishini 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sammitda so‘zlagan janjalli nutqi bilan bog‘lashmoqda, deb yozadi telekanal.Dekabr oyida Bozorni nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha XXR bosh davlat boshqarmasi Alibaba kompaniyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi surishtiruvni boshlab yuborgan.
https://oz.sputniknews.uz/20170621/5665706.html
https://oz.sputniknews.uz/20181029/Yoshlarga-grantlar-Alibaba-Ozbekiston-vakillari-Xitoy-talim-tizimini-organishdi-9833126.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1016/83/10168385_198:13:902:541_1920x0_80_0_0_4bcbdfac5a70aeeef0e487783679d182.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda
"Jek Ma qani?": Alibaba asoschisi "yo‘qolgani" aytilmoqda
ABC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder omma qarshisida ko‘rinish bermaganiga ikki oydan oshgan. Uni oxirgi marta 31-oktabrda ko‘rishgan, o‘shanda Jek Ma to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilgan Alibaba tadbirida ishtirok etgan.
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Xitoyning eng badavlat insonlaridan biri - Alibaba asoschisi, milliarder Jek Maning "g‘oyib bo‘lgani" haqida xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan mish-mishlar xorijiy OAVlargacha yetib bordi.
Xabarlarda aniqlik kiritilishicha, Jek Ma - Xitoy moliyaviy regulyatorlari faoliyatini tanqid qilgan va XXRning texnologik kompaniyalarga qarshi olib borayotgan siyosatiga qarshi chiqqan paytdan - aniqrog‘i, oktabr oyi oxiridan e’tiboran omma oldida ko‘rinish bermagan.
Ushbu haftada Telegraph, Forbes, Financial Times, CNN, Fox, ABC telekanallari va ko‘plab boshqa nashrlarda: "Milliarderning g‘oyib bo‘lishi", "Jek Ma qani?", "Jek Ma yo‘qoldimi?" degan sarlavhalar aks etgan xabarlarni ko‘rish mumkin.
ABC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder omma qarshisida ko‘rinish bermaganiga ikki oydan oshgan. Uni oxirgi marta 31-oktabrda ko‘rishgan, o‘shanda Jek Ma to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilgan Alibaba tadbirida ishtirok etgan.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, deya ta’kidlanadi telekanal xabarida, o‘zining Africa's Business Heroes shousi shov-shuvli final bosqichini ham o‘tkazib yuborgan. Garchi shouda u bosh hakam rolini ijro etishi kutilgan bo‘lsa-da. Sal avval Jek Ma final bosqichni sabrsizlik bilan kutayotgani haqida aytgan bo‘lgan.
Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Jek Ma hozirda bo‘lishi mumkin bo‘lgan joy xususida turli mish-mishlar tarqalmoqda, internet foydalanuvchilari uning g‘oyib bo‘lishini 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sammitda so‘zlagan janjalli nutqi bilan bog‘lashmoqda, deb yozadi telekanal.
Dekabr oyida Bozorni nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha XXR bosh davlat boshqarmasi Alibaba kompaniyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi surishtiruvni boshlab yuborgan.