TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Dunyodagi eng yirik Xitoy internet-kompaniyasi bo‘lmish Alibaba Group rahbari Djek Ma oradan 30-yil o‘tgach odamlar kuniga to‘rt soat va haftasiga to‘rt kundan ishlay boshlaydilar, degan fikrda.
Diplomi bo‘yicha muallim bo‘lgan Ma, shuningdek, dunyo yetakchilari ta’lim tizimiga e’tibor qaratishlari kerakligini ta’kidlab, avtomatlashtirishni joriy etilishi "og‘riqsiz" o‘tishi kerakligini ta’kidlagan. "Men biz odamlarga o‘xshagan mashinalarni yaratishimiz kerak degan fikrdan yiroqman. Biz mashina odamlarning qo‘lidan kelmaydigan ishni qila olishiga ishonch hosil qilmog‘imiz darkor", — deya izoh bergan Alibaba rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinalar hech qachon odamlardagi donolik va tajribani egallay olmaydi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.