https://oz.sputniknews.uz/20210110/Onlayn-darslar-samara-bermadi-zbekiston-maktablarida-ish-ananaviy-shaklga-tkazildi-15753692.html
"Onlayn darslar samara bermadi": O‘zbekiston maktablarida o‘qish an’anaviy shaklga o‘tkazildi
"Onlayn darslar samara bermadi": O‘zbekiston maktablarida o‘qish an’anaviy shaklga o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki chorak davomida masofaviy ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning darslarni to‘liq o‘zlashtirishlariga yetarli imkoniyat bermagan, nazorat sustligi oqibatida voyaga... 10.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-10T14:03+0500
2021-01-10T14:03+0500
2021-01-10T14:03+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0a/15753334_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_8b3fa4117903c3ec3e6134003668c5d2.jpg
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda III chorakdan barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati.Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yilining birinchi yarim yilligida o‘quv jarayoni mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, ota-onalarning ixtiyoriga ko‘ra an’anaviy va masofaviy shaklda olib borildi."Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani, ikkinchi chorak yakuniga qadar 90 foizdan ortiq o‘quvchilar an’anaviy shaklda ta’lim olish maqsadida maktabga qaytganini inobatga olib, 2021-yilning 11-yanvaridan (III chorak) barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkazilishini ma’lum qiladi", - deyiladi xabarda.Aytish joizki, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida o‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida an’anaviy shaklda ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan maktablarda epidemiologik vaziyatning barqarorligi ta’minlandi.Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ikki chorak davomida masofaviy ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning darslarni to‘liq o‘zlashtirishlariga yetarli imkoniyat bermagan, ayrim holatlarda o‘quvchilar televizion darslarni ko‘rish va o‘rganish o‘rniga vaqtini besamar o‘tkazish va ota-onalar tomonidan yetarli nazorat etilmasligi oqibatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlari ham kuzatilgan.Shu bois, vazirlik ota-onalardan farzandlarining kelajagi uchun o‘z vaqtida bilim olishlariga sharoit yaratishlari va maktabga yuborishlarini so‘rab qolgan.O‘z o‘rnida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari barcha umumta’lim maktablarida qishki mavsumda issiqlik tizimini barqaror ishlashi, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bilan bog‘liq tashkiliy choralarni ko‘rish, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlashlari talab etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20201203/Navoiyda-talim-sifati-past-blgan-26-ta-maktab-direktorlari-ishdan-olindi-15528864.html
https://oz.sputniknews.uz/20201027/BSST-koronavirus-pandemiyasi-sababli-maktablar-pilishi-samarasiga-bao-berdi-15272101.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0a/15753334_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_ce2d463e8346a2cfb2820da9bce6fb3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
"Onlayn darslar samara bermadi": O‘zbekiston maktablarida o‘qish an’anaviy shaklga o‘tkazildi
Ikki chorak davomida masofaviy ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning darslarni to‘liq o‘zlashtirishlariga yetarli imkoniyat bermagan, nazorat sustligi oqibatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlari ham kuzatilgan.
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda III chorakdan barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yilining birinchi yarim yilligida o‘quv jarayoni mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, ota-onalarning ixtiyoriga ko‘ra an’anaviy va masofaviy shaklda olib borildi.
"Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani, ikkinchi chorak yakuniga qadar 90 foizdan ortiq o‘quvchilar an’anaviy shaklda ta’lim olish maqsadida maktabga qaytganini inobatga olib, 2021-yilning 11-yanvaridan (III chorak) barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkazilishini ma’lum qiladi", - deyiladi xabarda.
Aytish joizki, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida o‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida an’anaviy shaklda ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan maktablarda epidemiologik vaziyatning barqarorligi ta’minlandi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ikki chorak davomida masofaviy ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning darslarni to‘liq o‘zlashtirishlariga yetarli imkoniyat bermagan, ayrim holatlarda o‘quvchilar televizion darslarni ko‘rish va o‘rganish o‘rniga vaqtini besamar o‘tkazish va ota-onalar tomonidan yetarli nazorat etilmasligi oqibatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlari ham kuzatilgan.
Shu bois, vazirlik ota-onalardan farzandlarining kelajagi uchun o‘z vaqtida bilim olishlariga sharoit yaratishlari va maktabga yuborishlarini so‘rab qolgan.
O‘z o‘rnida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari barcha umumta’lim maktablarida qishki mavsumda issiqlik tizimini barqaror ishlashi, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bilan bog‘liq tashkiliy choralarni ko‘rish, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlashlari talab etiladi.