Koronavirusga chalinganlar nimani iste’mol qilmasligi kerak

© AFP 2023 / Herbert Pfarrhofer / APAPokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii
Pokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokor, koronavirusga chalingan har bir bemor o‘z oziq-ovqat ratsionidan chiqarib tashlashi kerak bo‘lgan taomlar xususida ma’lumot berdi
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Ayrim turdagi mahsulotlarni tanovvul qilish koronavirusga chalingan inson holatini keskin yomonlashtirishi mumkin.
Mujchini s izbitochnim vesom - Sputnik O‘zbekiston
Semizlikni qanday davolasa bo‘ladi? Parhezlar yordam bermaydi
Bu haqda shifokor-terapevt, parhezshunos va tibbiyot fanlari nomzodi Yekaterina Burlyayeva ma’lum qildi.
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, mahsulotlar koronavirusni yuqtirish manbasi bo‘lolmaydi. Shunchaki, bu noto‘g‘ri odatlarning barchasi oxir-oqibat kasalliklarga olib keladi va COVID-19ni kechishi jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Burlyayeva koronavirusga chalingan bemorlar uchun maxsus menyu ishlab chiqilganini qayd etdi. Uni Rospotrebnadzor va Oziqlanish va biotexnologiya FIS xodimlari tuzishgan.
Plastikovaya posuda - Sputnik O‘zbekiston
Parhezshunos karantin vaqtida qanday oziqlanish haqida gapirdi
Ma’lum bo‘lishicha, infeksiyaga qarshi kurashuvchi har bir inson shakar va tuz iste’mol qilishni maksimal qisqartirmog‘i lozim.
Shuningdek, COVID-19ga chalingan insonlar non va boshqa turdagi un mahsulotlaridan tiyilmog‘i kerak.
Gazlangan va tarkibida sok mavjud bo‘lgan ichimliklar ham salomatlikka salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Bundan tashqari, koronavirusga chalingan bemorlar kolbasa, sosisa, yog‘li go‘sht va pishloq, chips, mayonez va fastfuddan o‘zini tiyishi lozim, deb hisoblaydi Burlyayeva.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, oziq-ovqat ratsioniga tovuq go‘shtidan bulon, sutli kashalar va kartoshka puresini qo‘shgan ma’qul.
Yangiliklar lentasi
0