https://oz.sputniknews.uz/20210109/Rossiya-BSST-Sputnik-V-vaktsinasi-byicha-yain-olti-oyda-aror-abul-ilishini-kutmoda-15752052.html
Rossiya BSST "Sputnik V" vaksinasi bo‘yicha yaqin olti oyda qaror qabul qilishini kutmoqda
Rossiya BSST "Sputnik V" vaksinasi bo‘yicha yaqin olti oyda qaror qabul qilishini kutmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi izohiga ko‘ra, prekvalifikatsiya (vaksinani ma’qullash) juda murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir. 09.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-09T20:44+0500
2021-01-09T20:44+0500
2021-04-01T16:45+0500
yangiliklar
covid-19 umumjahon pandemiyasi
vaksina
sputnik v vaksinasi
rossiya
jsst
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15659667_0:86:2536:1520_1920x0_80_0_0_927b6057fd1a9f0fedbf72292e4cde27.jpg
TOShKENT, 8 yanv - Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasini Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ma’qullash jarayoni 2021-yilning birinchi yarmida kutilmoqda, deb xabar qilgan "Rossiyskaya gazeta" nashriga Rossiya SSV.Avgust oyida idora COVID-19 oldini olish uchun Gamaleya nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga olgan edi. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari yordamida ishlab chiqarilayotgan vaksinaga "Sputnik V" deya nom berildi.Preparat ikki komponentni uch hafta oraliq masofasi bilan kiritishni ko‘zda tutadi."Dosye analizi natijalari bo‘yicha ekspert maslahatlashuv joriy yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadi. Biz 2021-yilning birinchi yarmida BSST qarorini kutmoqdamiz", – deya aniqlik kiritgan muassasa.Vaksinani ma’qullatish bo‘yicha dosyeni Rossiya tomoni BSSTga 2020-yilning dekabr oyida yo‘llagan.Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligida izoh berishlaricha, prekvalifikatsiya (vaksinani ma’qullash) juda murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir."Vaksinalardan favqulodda vaziyatlarda foydalanishni tasdiqlash va keyinchalik uni ma’qullash jarayoni BMT dasturlari doirasida vaksinalarni yetkazib berish, shuningdek tashqi bozorlarga chiqishni osonlashtirishga imkon beradi", - deyiladi idora xabarida.
https://oz.sputniknews.uz/20201226/Argentinaga-300-ming-doza-Sputnik-V-vaktsinasi-etkazildi-15684086.html
https://oz.sputniknews.uz/20201225/Sputnik-V-vaktsinasi-aida-barcha-savollarga-zhavoblar-15680224.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15659667_0:6:2536:1600_1920x0_80_0_0_d21a5d69d8fe9454c5211bb9ff639ebf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar, covid-19 umumjahon pandemiyasi, vaksina, sputnik v vaksinasi, rossiya, jsst
yangiliklar, covid-19 umumjahon pandemiyasi, vaksina, sputnik v vaksinasi, rossiya, jsst
Rossiya BSST "Sputnik V" vaksinasi bo‘yicha yaqin olti oyda qaror qabul qilishini kutmoqda
20:44 09.01.2021 (yangilandi: 16:45 01.04.2021) Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi izohiga ko‘ra, prekvalifikatsiya (vaksinani ma’qullash) juda murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir.
TOShKENT, 8 yanv - Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasini Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ma’qullash jarayoni 2021-yilning birinchi yarmida kutilmoqda, deb xabar qilgan "Rossiyskaya gazeta" nashriga Rossiya SSV.
Avgust oyida idora COVID-19 oldini olish uchun Gamaleya nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga olgan edi. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari yordamida ishlab chiqarilayotgan vaksinaga "Sputnik V" deya nom berildi.
Preparat ikki komponentni uch hafta oraliq masofasi bilan kiritishni ko‘zda tutadi.
"Dosye analizi natijalari bo‘yicha ekspert maslahatlashuv joriy yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadi. Biz 2021-yilning birinchi yarmida BSST qarorini kutmoqdamiz", – deya aniqlik kiritgan muassasa.
Vaksinani ma’qullatish bo‘yicha dosyeni Rossiya tomoni BSSTga 2020-yilning dekabr oyida yo‘llagan.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligida izoh berishlaricha, prekvalifikatsiya (vaksinani ma’qullash) juda murakkab va ko‘p bosqichli jarayondir.
"Vaksinalardan favqulodda vaziyatlarda foydalanishni tasdiqlash va keyinchalik uni ma’qullash jarayoni BMT dasturlari doirasida vaksinalarni yetkazib berish, shuningdek tashqi bozorlarga chiqishni osonlashtirishga imkon beradi", - deyiladi idora xabarida.