Markaziy Osiyodagi eng yirik loyiha: Uzbekistan GTL zavodi qurilishi yakunlanmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroitelstvo zavoda GTL
Stroitelstvo zavoda GTL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzGTL o‘z miqyosiga ko‘ra, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqadagi eng yirik investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. UZBEKISTAN GTL zavodi qurilishining yakuniy bosqichi davom etmoqda, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot-xizmati.
Uzbekneftegaz realizuyet krupniy investitsionniy proyekt Uzbekistan GTL - Sputnik O‘zbekiston
Nasriddinov: Uzbekistan GTL qishloq xo‘jaligi va aviatsiya taraqqiyotiga xizmat qiladi
Markaziy Osiyodagi eng yirik loyihalardan biri – Uzbekistan GTL zavodining qurilishi yakuniy bosqichga kirdi. Shu munosabat bilan zavoddagi ishlarning ko‘lami tugallandi, ushbu ishlarning bajarilishi uchun o‘z vaqtida ishchi-xodimlarning katta qismi jalb qilingan edi.
Xorijiy va O‘zbekiston fuqarolari orasidan vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida ishlarning ayrim turlarini bosqichma-bosqich bajargan xodimlar, ko‘zda tutilgan faoliyat tugagandan so‘ng, Uzbekistan GTL zavodi qurilishida ishni yakunlaydilar.
Shu bilan birga, ushbu inshootda xodimlarning malakasi va tajribasini hisobga olgan holda, qurilish pudratchisi ENTER Engineering turli vaqtlarda jalb qilingan barcha xodimlarning ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, ularni yangi obyektlarda ishlashga taklif qilishi mumkin.
Stroitelstvo zavoda GTL - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryodagi GTL zavodidagi ommaviy tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish ochildi
Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilg‘isini ishlab chiqarish zavodi qurilishi 2017-yilda boshlangan edi.
UzGTL o‘z miqyosiga ko‘ra nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqadagi eng yirik investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi. Loyiha mamlakatning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish, uglevodorodlar importini keskin kamaytirishga qaratilgan.
Loyiha doirasida yiliga qariyb 1 mlrd. dollarlik neft mahsulotlari importi o‘rnini bosishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0