Jamiyat

Toshkentda ichimlik suvi uchun yangi tariflar oʻrnatildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov /  / Mediabankka oʻtishVodoprovodnыy kran
Vodoprovodnыy kran - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
24 yanvardan poytaxt boʻyicha ichimlik suv va kanalizatsiya uchun yangi tariflar joriy qilinishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. “Toshkent shahar suv ta'minoti” MCHJ 24 yanvardan poytaxt boʻyicha yangi tariflar joriy qilinishini maʼlum qildi.
Kran v vannoy komnate - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toshkentda sovuq suv tariflarini keskin oshirish taklif qilinmoqda
Bunga asos - xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2020 yil 30 dekabrdagi qarori va Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasida tasdiqlangan 07 yanvardagi deklaratsiya.
Yangi tariflarga koʻra, ichimlik suvi:
aholi uchun – I guruh (jismoniy shaxslar) – 1 m3 - 400 soʻm 00 tiyin;
byudjet tashkilotlari uchun - II guruh - 1m3 - 400 soʻm 00 tiyin;
ulgurji isteʼmolchilar uchun - II guruh - 1m3 - 400 soʻm 00 tiyin;
tijorat isteʼmolchilari uchun - III guruh - 1 m3 - 1000 soʻm 00 tiyin.
Oqova suvi xizmati uchun:
aholi uchun – 1 guruh (jismoniy shaxslar) – 1 m3 - 350 soʻm 00 tiyin;
byudjet tashkilotlari uchun - II guruh - 1m3 - 350 soʻm 00 tiyin;
ulgurji isteʼmolchilar uchun - II guruh - 1m3 - 350 soʻm 00 tiyin.
Yangiliklar lentasi
0