Toshkentda sovuq suv tariflarini keskin oshirish taklif qilinmoqda

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishKran v vannoy komnate
Kran v vannoy komnate - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatning loyihasida loyihalarni amalga oshirish, tashqi qarzlarni o‘z vaqtida qaytarish, tarmoqlar va inshootlardagi nosozliklarni vaqtida bartaraf etish maqsadida amalda bo‘lgan tarifini oshirish maqsadga muvofiqligi bayon qilingan.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Toshkent hokimining “Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti va oqava suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatning loyihasida kreditorlik qarzini kamaytirish, loyihalarni amalga oshirish, tashqi qarzlarni o‘z vaqtida qaytarish, tarmoqlar va inshootlardagi nosozliklarni vaqtida bartaraf etish maqsadida “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJning amalda bo‘lgan tarifini oshirish maqsadga muvofiqligi bayon qilingan.

Chelovek moyet ruki. - Sputnik O‘zbekiston
Karantinda suv ta’minoti uchun to‘lovlar 10 baravar kamayib ketdi

Ta’kidlanishicha,  “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ 2019-yilda moliyaviy iqtisodiy faoliyatdan 58,8 mlrd so‘m hamda 2020-yil 8 oyligida 21,3 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun narxlar (tariflar) qayta ishlab chiqilib, ko‘rib chiqib xulosa olish uchun monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solish organlariga taqdim qilingan.

Jamiyatning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, jamiyat tomonidan taqdim qilinayotgan  ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmati uchun ishlab chiqilgan tariflarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun ishchi guruh tuziladi.

Loyihada taklif qilinayotgan yangi tariflar:

1 metr kub ichimlik suvi uchun:

  • aholi, budjet va ulgurji iste’molchilar uchun (QQSsiz) 310 so‘mdan 500 so‘mga (161,2%);
  • tijorat tashkilotlari uchun 730 so‘mdan 1 500 so‘mga (205,4%).

Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar:

  • aholi, budjet va ulgurji iste’molchilar uchun (QQSsiz) 250 so‘mdan 350 so‘mga (140%);
  • tijorat tashkilotlari uchun 460 so‘mdan 820 so‘mga (178,2%).

 

Yangiliklar lentasi
0