Sport

Shomurodov goli "Sassuolo"ga qarshi oʻyinda "Jenoa"ni magʻlubiyatdan qutqara olmadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka oʻtishEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Jenoa" futbol klubi Italiya chempionatining 16-turida "Sassuolo"ga qarshi oʻyinida ochko qoʻlga kirita olmadi.
TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. "Jenoa" futbol klubi Italiya chempionatining 16-turida "Sassuolo"ga qarshi oʻyinida ochko qoʻlga kirita olmadi. Mezbonlar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Eldor Shomurodov posle zabitogo gola vo vremya futbolnogo matcha  mejdu FK Djenoa i Parmoy  - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Eldor Shomurodov Italiyada birinchi golini urdi
Uchrashuvning birinchi boʻlimi nol natija bilan yakunlandi. Ammo ikkinchi boʻlimning 52-daqiqasida "Sassuolo" yarim himoyachisi Jeremi Boga raqiblar darvozasiga gol urib, hisobni ochdi. 64-daqiqada "Jenoa" "Rostov"ning sobiq forvardi Eldor Shomurodov Paolo Gilone uzatgan toʻpni oʻziniki qildi. Havodagi kurashda raqib himoyachisini yengib, boshi bilan toʻpni darvoza toʻriga joyladi.
Ammo mehmonlar durang hisobni olib keta olmadilar. Uchrashuvning 83-daqiqasida, Jakomo Raspadori darvozaga toʻp yoʻllaydi va shu bilan oʻyin taqdirini hal qiladi.