Eldor Shomurodov Italiyada birinchi golini urdi

© AP / Tano PecoraroEldor Shomurodov posle zabitogo gola vo vremya futbolnogo matcha mejdu FK "Djenoa" i "Parmoy"
Eldor Shomurodov posle zabitogo gola vo vremya futbolnogo matcha  mejdu FK Djenoa i Parmoy  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Jenoa” – “Parma” bahsida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov o‘zining ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turidan o‘rin olgan “Jenoa” – “Parma” bahsida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov o‘zining ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

​Ushbu bahsda Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 50-daqiqada A Seriyadagi debut golini urdi. Shu tariqa Shomurodov Italiya chempionatida gol urgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. O‘yinning 69-daqiqasida u zaxiraga olindi. 

Shomurodovning goli uning jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi. Birinchi bo‘limda raqib ikki gol bilan oldinga chiqib olgan edi.

Avvalroq Eldor Italiya Kubogi 1/16 finali doirasida “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinda golli uzatma amalga oshirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0