https://oz.sputniknews.uz/20210102/Korruptsiyaga-arshi-kurashga-munosib-issa-shganlar-davlat-mukofotiga-tavsiya-etilishi-mumkin-15717836.html
Korruptsiyaga qarshi kurashga munosib hissa qoʻshganlar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin
Korruptsiyaga qarshi kurashga munosib hissa qoʻshganlar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin
Shaxslarni ragʻbatlantirish masalalari korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi. 02.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-01-02T12:23+0500
2021-01-02T12:23+0500
2021-01-02T12:23+0500
yangiliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/527/90/5279090_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_e0d367273a1fcb79e713af6f6973bec3.jpg
TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Hukumat qarori bilan Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Nizomga koʻra, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlganda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oʻzlariga nisbatan pora talab qilgan shaxs yoki oʻzlariga maʼlum boʻlgan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlar (Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti)ga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik fosh etilsa;
korruptsiyaga oid jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda boʻlgan shaxs toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan xabar asosida qidiruvdagi shaxs ushlanishi (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno).
Shunga koʻra, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar tegishlicha BHMning 3 baravaridan 25 baravarigacha (669 ming soʻmdan 5 mln 575 ming soʻmgacha) miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishi mumkin.
Agar pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning yuz baravaridan koʻp boʻlsa, mukofot quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
ancha miqdor uchun – mulk qiymatining 15 foizi miqdorida;
koʻp va juda koʻp miqdor uchun – mulk qiymatining 10 foizi miqdorida.
Shaxs korruptsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshganligi uchun davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi mumkin.
Shaxslarni ragʻbatlantirish masalalari korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.Maxsus komissiya qarori asosida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovgʻasi bilan taqdirlash haqida qaror 1 ish kunida chiqariladi.Pul mukofoti xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritilgandan soʻng 15 ish kuni ichida shaxslarning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20201219/Korruptsiyaga-oid-anonim-murozhaatlar-am-krilib-chiiladi-15631759.html
https://oz.sputniknews.uz/20201108/Yldoshev-2-yilda-korruptsiyaviy-zhinoyatlar-oibatida-etkazilgan-zarar-2-trln-smdan-oshdi-15346995.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/527/90/5279090_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_4e12340188f9bf42a75122e9f25bfa0e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
Korruptsiyaga qarshi kurashga munosib hissa qoʻshganlar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin
Shaxslarni ragʻbatlantirish masalalari korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.
TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. Hukumat qarori bilan Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlganda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
- oʻzlariga nisbatan pora talab qilgan shaxs yoki oʻzlariga maʼlum boʻlgan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlar (Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti)ga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik fosh etilsa;
- korruptsiyaga oid jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda boʻlgan shaxs toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan xabar asosida qidiruvdagi shaxs ushlanishi (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno).
- Shunga koʻra, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar tegishlicha BHMning 3 baravaridan 25 baravarigacha (669 ming soʻmdan 5 mln 575 ming soʻmgacha) miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishi mumkin.
Agar pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning yuz baravaridan koʻp boʻlsa, mukofot quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
- ancha miqdor uchun – mulk qiymatining 15 foizi miqdorida;
- koʻp va juda koʻp miqdor uchun – mulk qiymatining 10 foizi miqdorida.
- Shaxs korruptsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshganligi uchun davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi mumkin.
Shaxslarni ragʻbatlantirish masalalari korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Maxsus komissiya qarori asosida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovgʻasi bilan taqdirlash haqida qaror 1 ish kunida chiqariladi.
Pul mukofoti xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritilgandan soʻng 15 ish kuni ichida shaxslarning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.