Senatning o‘n birinchi yalpi majlisi 6-yanvar kuni chaqiriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZasedanie Senata Oliy Majlisa 28-fevralya 2020 goda
Zasedanie Senata Oliy Majlisa 28-fevralya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar shular jumlasidan.

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisini 2021-yil 6-yanvar kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Senat Oliy Majlisa - zal zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston
Senat 2021-yil uchun Davlat budjetini ma’qulladi

Bu haqda Senat matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi, "O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida"gi, "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Kengash majlisida Oliy Majlis Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish, qolaversa, Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlaydigan senator A. To‘ychiyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilar missiyasi tarkibida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan oldin bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etishi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0