Mirziyoyev Berdimuhammedov bilan muloqot qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalas vstrecha Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedova
Sostoyalas vstrecha Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari 2021-yilda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma rejalarni, shuningdek, ikki tomonlama aloqalar va xalqaro tuzilmalar, avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi bo‘lajak tadbirlar rejasini atroflicha ko‘rib chiqdilar

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Toqayev bir-birlarini kirib kelayotgan yangi yil bilan qutladilar

Davlat rahbarlari bir-birlarini dildan qutlar ekanlar, kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashib, mamlakatlarning birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik, baxt-saodat, muvaffaqiyat va ravnaq tiladilar.

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan global inqiroz oqibatlariga qaramay, yakuniga yetayotgan yilda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalariga, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga, o‘xshash tarix, madaniy va ma’naviy qadriyatlar mushtarakligiga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda katta natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev vstrechayet glavu Tadjikistana Emomali Raxmona - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefonlashdi

Davlat rahbarlari 2021-yilda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma rejalarni, shuningdek, ikki tomonlama aloqalar va xalqaro tuzilmalar, avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi bo‘lajak tadbirlar rejasini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

Prezidentlar savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga, kelgusi yilda ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarga boy dasturni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Yangi yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0