Mirziyoyev va Toqayev bir-birlarini kirib kelayotgan yangi yil bilan qutladilar

© Press-slujba prezidenta KazaxstanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Kazaxstana Kasim-Jormat Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan, savdo portfelini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va energetika sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish lozimligini qayd etdilar.

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev vstrechayet glavu Tadjikistana Emomali Raxmona - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefonlashdi

Suhbat avvalida O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bir-birlarini va ikki mamlakatning qardosh xalqlarini kirib kelayotgan yangi 2021-yil bilan samimiy tabrikladilar, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘tayotgan yilning barcha xatar va qiyinchiliklariga qaramay, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanishi ta’minlanganligi alohida ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan, savdo portfelini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va energetika sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish lozimligini qayd etdilar. Hududlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, madaniy-gumanitar almashinuvning keng dasturini amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar  rejasini muhokama qildilar.

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentiga 2021-yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi.

Yangiliklar lentasi
0