Yaponiya o‘z chegaralarini yopmoqda

© REUTERS / Kim Kyung-HoonJenshina v zashitnoy maske pered statuyey v Tokio
Jenshina v zashitnoy maske pered statuyey v Tokio  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegaralarni yopish to‘g‘risidagi qaror besh nafar yaponlarda koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangani sabab qabul qilingan.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Yaponiya hukumati dunyoning barcha davlatlari va hududlaridan mamlakatga kirishga vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar qilmoqda.

Preduprejdenie zakritii fransuzskoy granisi na vyezde v port Duvr v Kente na yugo-vostoke Anglii - Sputnik O‘zbekiston
"Oldingilaridan ancha xavfli": Britaniyada tarqalayotgan virus haqida olimlar xulosasi

Ma’lum qilinishicha, cheklovlar 28-dekabrdan boshlab kelgusi yil oxiriga qadar amal qiladi.  Yaponiya fuqarolari va mamlakatda yashash ruxsatnomasini olgan chet elliklar mamlakatga qaytishi mumkin. Shuningdek, xuddi shu muddatga yangi viza berish to‘xtatib qo‘yilgan.

Chegaralarni yopish to‘g‘risidagi qaror besh nafar yaponlarda koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangani sabab qabul qilingan. Ular yaqinda Buyuk Britaniyadan qaytgan bo‘lishgan.

Hozirda Yaponiyada, xususan, Tokio shahrida rekord darajada koronavirus bilan kasallanish kuzatilmoqda. O‘tgan kun mamlakatda 3,8 mingdan ziyod kishida COVID-19 aniqlangan, shulardan 949 nafari Tokioda. Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 213 mingdan oshgan. Shulardan 180 mingdan ziyodi tuzalib ketgan. 3,1 mingdan ortiq inson virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0