Metroning Sergeli yo‘nalishidan 1-yanvargacha bepul foydalanish mumkin

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
 Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha ochilgan Toshkent metropolitenining yangi Sergeli yo‘nalishi yo‘lovchilar uchun 2021-yil 1-yanvargacha bepul bo‘ladi.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. 26-dekabr soat 16:00dan boshlab Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi xizmat ko‘rsata boshladi. 

Otkrilas Sergeliyskaya liniya metro: pervie vpechatleniya  - Sputnik O‘zbekiston
Metroning Sergeli yo‘nalishi ilk yo‘lovchilarini manziliga eltib qo‘ydi - video

“O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘nalish ishga tushgandan boshlab 2021-yil 1-yanvar soat 8:00 ga qadar ushbu yo‘nalishda yangi ochilgan “Bekat-1”, “Bekat-2”, “Bekat-3”, “Bekat-4”, “Bekat-5” bekatlarida harakatlanish bepul bo‘ladi. 

Bepul harakatlanish faqat yangi Sergeli yo‘nalishida amal qiladi. Agar yo‘lovchi Chilonzor yo‘nalishidan (Olmazor bekatidan ham) harakatlansa, yo‘l haqi to‘lashi zarur.

Eslatib o‘tamiz, 26-dekabr kuni Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi ochilgan edi. Uzunligi 7 kilometrlik mazkur temir yo‘lda beshta bekat barpo etilgan. Metropolitenning “Olmazor” bekati bilan oraliqda 580 metrlik tonnel qurilib, yer usti va yer osti yo‘llari bog‘langan.

Yangiliklar lentasi
0