Metroning Sergeli yo‘nalishi ilk yo‘lovchilarini manziliga eltib qo‘ydi - video

Obuna bo‘lish
Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi ochildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu transport obyektini borib ko‘rdi.

Bu metro yo‘nalishini loyihalashtirish 2017-yilda boshlangan edi. Qurilishning borishi davlat rahbarining doimiy e’tiborida bo‘ldi.

Uzunligi 7 kilometrlik mazkur temir yo‘lda beshta bekat barpo etilgan. Metropolitenning “Olmazor” bekati bilan oraliqda 580 metrlik tonnel qurilib, yerusti va yerosti yo‘llari bog‘langan.

Bekatlar milliy dizayn asosida pardozlangan, zamonaviy texnologiyalar, elektron to‘lovli turniketlar, eskalator va liftlar bilan jihozlangan. Bu yo‘nalishda 214 nafar xodim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Ushbu yo‘nalishda kuniga 35 mingtagacha odam qatnashi mumkin. Shu bois u ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham ekologik jihatdan ulkan ahamiyatga ega.

Yangiliklar lentasi
0