TOShKENT, 25 dek - Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Rossiya tashqi siyosatidagi eng muhim yo‘nalishlardan biridir, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin.
"Keling, bugungi ushbu uchrashuvimiz, Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari majlisida, MDH doirasida yuzaga kelayotgan vaziyatni muhokama qilamiz. Bu eng muhim, agar asosiy bo‘lmasa, tashqi siyosiy trekdagi faoliyatimizning eng muhim yo‘nalishi", - dedi Putin Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan videoanjuman shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishida.
Uning qayd etishicha, MDH mamlakatlari - Rossiya uchun eng yaqin davlatlar, bu "bizni - ko‘plab yillar, o‘n yilliklar, ba’zida hatto yuz yilliklar davomida yagona davlat sifatida ko‘p narsa bog‘lab turgan davlatlardir".
"Bunda iqtisodiy, madaniy, gumanitar, qardoshlik, do‘stona munosabatlarimiz eng ko‘p rivoj topgan. Umuman olganda, bu tashqi siyosiy trekdagi faoliyatimizning alohida yo‘nalishidir. Kelinglar, ushbu faoliyatning turli yo‘nalishlarida hamkasblarimizni tinglab, bu ishni lozim bo‘lsa, shu bugun talabi, yoki kirib kelayotgan 2021-yilda talab etiladigan darajada moslashtiraylik", - deb qo‘shimcha qildi davlat rahbari.