Siyosat

Putin MDH davlatlari uchun 2020 yilda eng jiddiy xatar nima boʻlganini aytdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya rahbari, shuningdek, joriy yil MDH davlatlari uchun oddiy kechmaganini, koronavirus pandemiyasi ularni fuqarolar sogʻligʻi uchun barcha resurslarni ishga solishga majbur etganini taʼkidlab oʻtdi

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. MDHga aʼzo davlatlar ishlariga aralashishga urinishlar 2020 yilning eng jiddiy xataridir, dedi RF prezidenti Vladimir Putin bugun MDH mamlakatlari rahbarlari sammitida.

"Bu yil biz duch kelgan yana bir jiddiy muammo - misli koʻrilmagan xarakterga ega aralashuvga urinishlar, Hamdoʻstlikning ayrim davlatlarining ichki ishlariga chetdan aralashuvlar boʻldi. Hozir bu haqda toʻxtalib oʻtirmayman, hamkasblar bu mavzuda u yoki bu tarzda gapirdilar", - dedi Putin.

Rossiya rahbari, shuningdek, joriy yil MDH davlatlari uchun oddiy kechmaganini, koronavirus pandemiyasi ularni fuqarolar sogʻligʻi uchun barcha resurslarni ishga solishga majbur etganini taʼkidlab oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0