Sport

Oʻzbekistonlik tennischi kelishilgan oʻyinlar uchun 7 yilga sportdan chetlatildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Temur Ismailov 2014, 2015 va 2019 yillarda kelishilgan oʻyinlarda qatnashgani aniqlangan. Shu sabab u sportdan 7 yilga chetlashtirildi va 12 ming dolllar jarimaga tortildi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. 25 yoshli oʻzbekistonlik tennischi Temur Ismailov kelishilgan oʻyinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatildi. Bu haqda “Tennis Integrity Unit” tashkiloti saytida xabar qilindi.

Futbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Fargʻonadagi futbol janjali aybdorlari qanday jazolandi

Aniqlanishicha, sportchi tennisdagi korruptsiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzib, 2014, 2015 va 2019 yillarda kelishilgan oʻyinlarda qatnashgan.

Ismailovga joriy yil 18 dekabrdan barcha tennis turnirlarida qatnashish va u yerga borish taqiqlandi. Bundan tashqari, 12 ming dollar jarimaga tortildi. 

Professional tennischilar assotsiatsiyasi reytingida Ismoilovning eng yuqori pozitsiyasi 756-oʻrin boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0