Farg‘onadagi futbol janjali aybdorlari qanday jazolandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishFutbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii
Futbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hakamni tepgan futbolchi 10-yilga chetlatildi. “Neftchi” klubi 100 mln so‘m jarimaga tortildi. “Istiqlol” stadioni ma’muriyatiga chora ko‘rish bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIBga taqdimnoma yuborildi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Pro-Liga so‘nggi tur doirasida o‘tgan “Neftchi” — “Turon” uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgan holatlar bo‘yicha tartib-intizom qo‘mitasi qarorlarini e’lon qildi.

O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi yuzaga kelgan hodisani atroflicha muhokama etgan hamda tegishli qarorlar qabul qilgan.

O‘FA Intizom kodeksining tegishli moddalariga asosan qo‘llanilgan choralar:

  • “Neftchi” klubi futbolchisi J.To‘raqulov uchrashuv bosh hakami Sh.Nasibullayevga qasddan tan jarohati yetkazgani uchun unga 10 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlatish intizom chorasi qo‘llandi;
  • “Neftchi” klubi futbolchilari Sh.B. Abduraimov, S.M.Zokirov va J.Q.Qobulov uchrashuv bosh hakamiga hujum qilganligi uchun ularning har biri 1 yil muddatga futboldan chetlatildi va 15 million so‘mdan jarimaga tortildi;
  • “Neftchi” klubi futbolchisi D.F.Toshmatov uchrashuv yordamchi hakami D.Saylavovga nisbatan tajovuzkor harakat qilganligi uchun 10 ta rasmiy uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi;
  • Uchrashuv yakunlangandan so‘ng muxlislar futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, “Neftchi” futbol klubi mas’ullari jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq yetarlicha choralar ko‘rilishini ta’minlamagani uchun klubga nisbatan 3 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish va 100 million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llandi;

Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlar tomonidan futbol maydonida va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqarilishi holatini muhokama qilish hamda “Istiqlol” stadioni ma’muriyatiga chora ko‘rish bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIBga taqdimnoma yuborildi.

O‘FA Farg‘onadagi janjalli o‘yin yuzasidan bayonot berdi

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onadagi futbolda ro‘y bergan janjaldan so‘ng olti kishiga qarshi jinoyat ishi ochilib, ular ushlangan edi. Bundan tashqari ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda ishtirok etgan 5 nafar shaxslarning harakatlarida huquqbuzarlik aniqlangan. Ular ma’muriy tartibda ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0