Respublika Koronavirusga qarshi kurash shtabi Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston koronavirusning yangi shtammi tarqalgan 8ta mamlakat bilan aviaaloqalarni chekladi.
Xususan, 2020 yil 21-dekabridan boshlab Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderland va JAR bilan aviaaloqalar to‘xtatilgan. Cheklov ushbu davlat fuqarolari, u yerda yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va so‘nggi 14 kun davomida ushbu mamlakatlarda bo‘lgan shaxslarga ham qo‘llaniladi.
2021 yil 10-yanvardan boshlab, yuqoridagi mamlakatlarda so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan O‘zbekiston Respulikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14-kunlik karantinda bo‘lishlari shart.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 25-dekabridan boshlab O‘zbekistonga kirib kelayotgan barcha shaxslar, chegara punktida koronavirusga ekspress-test topshiradi. Ushbu talab barchaga, koronavirusga PZR test topshirib manfiy natijaga ega bo‘lganlarga ham taaluqlidir.