O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan aviaaloqalarni chekladi?

Obuna bo‘lish
Koronavirusning yangi shtammi tarqalishi munosabati bilan O‘zbekiston Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderland va JAR bilan aviaaloqalarni chekladi. 

Respublika Koronavirusga qarshi kurash shtabi Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston koronavirusning yangi shtammi tarqalgan 8ta mamlakat bilan aviaaloqalarni chekladi. 

Xususan, 2020 yil 21-dekabridan boshlab Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderland va JAR bilan aviaaloqalar to‘xtatilgan. Cheklov ushbu davlat fuqarolari, u yerda yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va so‘nggi 14 kun davomida ushbu mamlakatlarda bo‘lgan shaxslarga ham qo‘llaniladi.

2021 yil 10-yanvardan boshlab, yuqoridagi mamlakatlarda so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan O‘zbekiston Respulikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14-kunlik karantinda bo‘lishlari shart.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 25-dekabridan boshlab O‘zbekistonga kirib kelayotgan barcha shaxslar, chegara punktida koronavirusga ekspress-test topshiradi. Ushbu talab barchaga, koronavirusga PZR test topshirib manfiy natijaga ega bo‘lganlarga ham taaluqlidir.

Yangiliklar lentasi
0